Ma`naviyat va marifat ishlari

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha tasdiqlangan tematik reja, kutubxona hamda ma’naviyat burchagi mavjud. Ishlar reja asosida barcha guruhlarda olib boriladi. Bundan tashqari kafedrada murabbiylik ishi ham olib boriladi, buning uchun har yili yillik murabbiylik rejasi ishlab chiqiladiki, u bo’yicha guruhlarda doimiy ravishda muloqotlar o’tkaziladi hamda O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimov asarlari va ma’naviy-ma’rifiy tabiatiga ega materiallar muhokama qilinadi. Kafedraga I pediatriya fakultetining murabbiylik guruhlari biriktirilgan. Murabbiylik guruhlari bilan birga o’qituvchilar «Mustaqillik kuni», «Talabalar kuni», «Murabbiy va o’qituvchilar kuni», «Konstitutsiya kuni», «Navro’z», 8 mart, va boshqa bayramlarda ishtirok etadilar. Murabbiylik guruhlarida talabalarda yuqori ma’naviy-ma’rifiy sifatlarni, vatanparvarlik hissini, o’zaro hurmat va ishonchni shakllantirishga yo’naltirilgan suhbatlar o’tkaziladi. Talabalar tomonidan quyidagi mavzularga bag’ishlangan ma’ruzalar tayyorlangan: «Obod hayot yili-2013», «Oila huquqi va manbalari», «Konstitutsiya», «Terrorizm», «Chekish va narkomaniyaning zarari haqida», «Ezgulik va rahmdillik haqida », «Shifokor vazifalari» va boshqalar.

            Guruhlar murabbiylar bilan birga «Qahramonlik», «San’at», «Tibbiyot», «Amir Temur», «Sport shon-shuhrati» muzeylariga, «Milliy drama teatri», «Abror Xidoyatov», «Ilhom» va shu kabi teatrlarga boradilar.

 Murabiylik ishlari:

Institutimizning 2013 yil 277-sonli buyrug’iga asosan kurs hodimlari Ikramova Z.A. ga 305 IP, Azimov A.M.ga 306 IP, Sulaymanova G.G.ga 307 IP guruhlari biriktirildi. Rejada ko’rsatilgan davra suxbatlari tadbirlar kafedradagi professor o’ituvchilar tomonidan o’z guruhlarida oyma-oy o’tkazib boriladi. Murabbiylar talabalarning talabalar yotoqxonasi hamda shaxsiy kvartiralarda yashash sharoitlari bilan tanishib boradilar. Murabbiylik guruhlarida har haftada “Axborot soatlari” o’tkaziladi.

             

Axborot soatlari

  • Kafedrada Prezident Farmonlari, Hukumat, Oliy o’quv yurtlari Vazirlari qarorlari, siyosiy hayot yangiliklari va shu kabilarni o’z ichiga olgan papka mavjud.
  • Ushbu materiallar kafedra majlislarida, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda faol muhokama qilinadi.

 Institutimizning qaroriga asosan 2018/2019 o'quv yilida  kurs hodimlari Ikramova Z.A. ga 204 IP, Sulaymanova G.G.ga 205 IP guruhlari biriktirildi.

 



Murabbiylik ishlari