O`quv va o`quv-metodik ishlari

Patofiziologiya kasal organizm xayotiy faoliyati xaqidagi fan bo’lib, o’quv va o’quv-uslubiy ishlarida asosiy o’rin tutadi. Talabalar fan ma’lumotlarini ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar davomida hamda maxsus adabiyotlardan olishadi. Ushbu ma’lumotlar oliy o’quv dargohlarida kadrlar tayorlashda muhim o’rin tutadi. Kafedrada an’anaviy usullar bilan birgalikda interfaol o’qitish uslublaridan keng foydalaniladi. Oxirgi yillar mobaynida xar bir amaliy mashg’ulot uchun interfaol darslar o’tishning ssenariylari tayyorlandi. Bu ssenariy bo’yicha kichik guruhlarda vaziyatli masalalarni muhokama qilinadi va testlar ustida ishlanadi. Bunda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu esa talabalarni, ma’lumotlarni samarali ravishda o’zlashtirishlariga yordam beradi. Tibbiyot institut talabalarini o’qitish jarayonini kompyuterlashtirish va multimedia texnologiyalaridan foydalanish, o’quv va ilmiy potensialni aktiv ravishda qo’llashda, o’quv materiallarini samarali o’zlashtirishda yordam beradi. Shuning uchun TashPMI Patologik fiziologiya kafedrasida ham 72 ta mavzu bo’yicha multimedia dasturlari tayyorlanib o’quv jarayonida keng ko’lamda ishlatiladi. Xozirgi vaqtda (2018-2019yillar) bizning kafedramizda 3 ta fakultet 3-kurs talabalari jami 37 ta guruh hamda 1-kurs OMX 5 ta guruh talabalari o’qishadi. Kafedrada 4 ta o’quv auditoriyalari mavjud bo’lib bu auditoriyalar tematik jihozlangan:

№1 auditoriya - Qon patofiziologiyasi №1 qon patofiziologiyasi.jpg

в„–1 qon patofiziologiyasi

№2 auditoriya - Neyro endokrin tizimi patofiziologiyasi №2 neyro endokrin pf.jpg

 

в„–2 neyro endokrin pf

 

№3 auditoriya – Jigar va buyrak patofiziologiyasi №3 Jigar buyrak patofiziologiyasi.jpg

 

в„–3 Jigar buyrak patofiziologiyasi

 

№4 auditoriya – Homila ichi rivojlanish patofiziologiyasi. 

 

в„–4 Homila ichi rivojlanishi pf