O`quv va o`quv-metodik ishlari

Fakultеt bolalar xirurgiyasi fani ơkuv dasturi IV kurs talabalari uchun «Bolalik davri urgеnt xirurgiyasi» , V kurs talabalari uchun «rivojlanish anomaliyalari va tugma nuqsonlar xirurgiyasi» -,  dan va magistratura uchta kurs rеzidеntlari uchun «Bolalar xirurgiyasini» kamrab oladi

 O`quv va o`quv-metodik ishlari

 Kafedraning o`quv ishlari

1. O`qitishni tashkillashtirish

 1.1. O`qitish ma`ruzalar o`qish, amaliy mashg’ulotlar o`tish hamda talabalar tomonidan mustaqil ish bajarish orqali amalga oshiriladi.

 Yil davomida kafedrada o`qiladigan ma`ruzalarni o`rtacha soni

 Kafedra mul’timediya va video fil’mlarni qo`llagan holda o`qitishni an`anaviy shakl va uslublarini qo`llaydi.

1.2. Talabalar bilimini joriy nazorati har bir darsda o`tkazilib, o`qituvchini talabalar bilan suxbati va test nazorati shaklida amalga oshiriladi. Ma`ruza materiallarini o`zlashtirish o`qituvchilarni talabalar bilan suxbati, hamda oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish shaklida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini joriy nazorati uch shaklda o`tkaziladi:
a) og’zaki so`rov
b) test masalalariga javoblar
v) vaziyatli masalalarni echish
Natijalar joriy, oraliq va yakuniy nazorat ko`rsatkichlari bo`yicha chiqariladi.
YAkuniy nazorat ToshPTIning Test markazida test nazorati shaklida o`tkaziladi.
1.3. Predmetni o`rganishni bir shakli –bemorlarni kuratsiyasi.
1.4. Kafedraning barcha professorlari va dotsentlari talabalar uchun konsul’tatsiyalar o`tkazadilar. 
1.5. 20 kishiga mo`ljallangan metodik kabinet mavjud bo`lib, keyingi yillarda u talabalarni rejali mashg’ulotlarini hamda TIJ ishlarini o`tkazishda o`quv xonasi sifatida ishlatilmoqda.
1.6. Har yili ma`ruzalar kursi va amaliy mashg’ulotlarga mul’timediyali illyustratsiyalar yangilanadi.

 2.. Talabalarga yana quyidagi elektron Internet-resurslar tavsiya qilingan:

        http://ru.wikipedia.org

         http://www.xumuk.ru

         http://www.youtube.com

         http://www.univertv.ru

         http://www.molbiol.ru

         http://www.dnatube.com

• Ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarning kalendar-tematik rejalari (qarang: Yuklab oling)

• Baholash mezonlari va Bolalar hirurgiyasini reyting tizimida baholash mezoni (qarang: Studentlarga)

• Bolalar hirurgiyasi bo`yicha bilimlarni saqlanib qolishini tekshiruvchi testlar ToshPTI ning test markazida mavjuddir.

 Kafedraning o`quv-uslubiy ishlari

 O`quv-uslubiy qo`llanmalar

 1. Chop etilgan hamda xozirda Bolalar hirurgiyasi mavzulari bo`yicha, shu jumladan ayrim fakul’tetlar uchun va ingliz tilida o`qiydigan chet el talabalari uchun yangi uslubiy va o`quv qo`llanmalari           tayyorlanmoqda. Test nazorati masalalari bo`yicha ham uslubiy qo`llanma tayyorlanmoqda. 

2. Kafedra tomonidan o`zbek tillida “Fakultet bolalar hirurgiyasi”  darsligi lotin alifbosida chop etishga tayyorlangan 

 Kafedrada darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalarning elektron variantlari mavjud.

 Elektron o'quv-uslubiy qo'llanmalar (qarang: Yuklab oling)