Ma`naviyat va marifat ishlari

2017-2018 o‘quv yili Fakultet ichki kasalliklari, HDT, kasb kasalliklari, gospital ichki kasalliklari, IKP kafedrasidama’naviy-ma’rifiy ishlari yo‘nalishibo‘yicha olib borilayotgan ishlari.

 Birinchi o‘quv soatlari «Mustakillik darslari»ini o‘tkazish bilan boshlanib, Respublika

mizda o‘tgan 27 yil davomida kiritilgan yutuqlar, hamma  sohalarda olib borilayotgan isloxotlar natijasida yurtimizda kechayotgan o‘zgarishlar mohiyati talabalarga to‘laqonli qilib etkazildi.   

 TTAS-ta’lim,tarbiya, axborot soatlari va murabbiylik  ishlari har bir akademik guruhda olib borilmoqda, yana  pedagoglar tomonidan  talabalarga  yurtimizda olib borilayotgan  isloxotlarga doir  xabarlar va dunyo  yangiliklari  xaqidagi  ma’lumotlar, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqlari, buyruqlari, Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari, buyruqlari  ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim sohasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishtiruv ishlari muntazam olib borilmoqda. 

 «Buyuk ajdodlarimizni xotirlab»mavzusida  06.11.17 yilda o‘tkazilgan tadbirda  talabalarimiz Ma’mun akademiyasi haqida, u erda ijod qilgan o‘z zamonasining etuk faylasuflari, olimlari, mutafakkirlari  bilan tanishib, yana ajdodlarimizdan-Ovro‘pada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan,tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan,vatandosh allomalarimizdan biri -Abu Ali ibn Sinoni tarjimai-holi va hayot yo‘li bilan tanishib, Ibn Sino  asarlari bilan, tabobat fani sohasidagi buyuk  xizmatlari haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 Assistent S.X. Raximova oktyabr oyida YUnusobod tumani  “Guliston” va“Islomobod” mahalla ahli, 327-maktab jamoasi faollari orasida “Sog‘lom bola yili” Davlat Dasturida belgilangan vazifalar asosida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbirni tashkillashtirish va o‘tkazishda faol ishtirok etdi.

Har bir akademik guruhda dekabr oyida Konstitutsiyamiz haqidagi ma’lumotlar va  Prezidentimiz tomonidan imzolangan  “KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDAGI QONUN” mazmun-mohiyati talabalarga etkazildi.  21-dekabrda o‘tkaziladigan Saylovlar - demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi bo‘lib, xalqimizning o‘z xoxish-irodasini bildirishi  va saylov turlari, tamoyillari, jarayoni va bosqichlari, saylov jarayonining boshqa tartiblariga bag‘ishlangan suhbatlar, tushuntirishlar  kafedra xodimlari, talabalar o‘rtasida o‘tkazildi.