ТашПМИ https://tashpmi.uz Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт - Официальный вебсайт Sat, 16 Mar 2024 10:40:26 +0000 uz-UZ hourly 1 https://wordpress.org/?v=6.2.3 https://tashpmi.uz/wp-content/uploads/2020/01/favicon.png ТашПМИ https://tashpmi.uz 32 32 DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORATURA VA STAJER TADQIQOTCHILARI 2025 YIL UCHUN KVOTA TALABNOMALAR QABULI https://tashpmi.uz/uz/2024/03/doktorantura-tayanch-doktoratura-va-stajer-tadqiqotchilari-2025-yil-uchun-kvota-talabnomalar-qabuli/ Sat, 16 Mar 2024 05:40:00 +0000 https://tashpmi.uz/?p=42079 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi 2025 yil doktorantura, tayanch doktoratura  va stajer tadqiqotchilarni qabul kvotalari shakllantirish bo‘yicha talabnomalarni 18 martdan 2024 yildan boshlab qabul qilish boshlaydi.

Talabnoma ToshPTI rektori B.T. Daminov nomiga kafedra mudirida nomidan yozma shaklda beriladi. Muddat mart oyidagi ilmiy kengashgacha. 

Hurmat bilan ToshPTI, Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi xodimlari.

]]>
«ILHOM» MUKOFOTI RESPUBLIKA TANLOVI O’TKAZILISHI TO’G’RISIDA E’LON https://tashpmi.uz/uz/2024/03/ilhom-mukofoti-respublika-tanlovi-otkazilishi-togrisida-elon/ Thu, 14 Mar 2024 10:03:32 +0000 https://tashpmi.uz/?p=42056 Hurmatli talaba-yoshlar!

Yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob o‘qish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish maqsadida respublika «Ilhom» mukofoti tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovning institut bosqichi 2024 yil 5-mart kuni o‘tkaziladi.

25 martgacha «Ilhom» mukofoti tanloviga ishtirok etish uchun nomzodning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
– oliy ta’lim muassasasining taqdimnomasi;
– pasport (ID-karta) nusxasi;
– ma’lumotnoma-obyektivka;
– tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etadigan ishlari (foto-video lavhalar, tadqiqotlar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar).

Nomzodning hujjatlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi (139-xona) da yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qabul qilinadi.

]]>
BO’SH LAVOZIMLARNI EGALLASH UCHUN TANLOV https://tashpmi.uz/uz/2024/03/bosh-lavozimlarni-egallash-uchun-tanlov-5/ Mon, 11 Mar 2024 05:18:00 +0000 https://tashpmi.uz/?p=42015 TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI

Professor-oqituvchilar tarkibi boyicha quyidagi kafedralar lavozimlariga TANLOV e’lon qiladi:

PROFESSOR: O‘zbek tili va adabiyoti:

DOTSENT:  Xirurgik kasalliklar kafedrasi; Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish va boshqarish; O‘zbek tili va adabiyoti; Fakultet pediatriya; Gospital pediatriya №1, xalq tabobati;

ASSISTENTLAR: Travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya; Gospital pediatriya №1, xalq tabobati; Biofizika, tibbiy informatika; Neonatologiya; Farmakologiya, fiziologiya:

Таnlоv muddati –e’lon chiqqan kundan 15 kalendar kunda

Маnzilgox-Bog‘ishamol kochasi 223, Тоsh PTI.

Аvtobuslar: 115,19

ТоshPTI bеkati.

2024. 11.03.

]]>
TOSHPTI XODIMI JSST (MHGAP) TOMONIDAN ISHLAB CHIQILGAN DASTUR BO’YICHA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM MUASSASALARI SHIFOKORLARI O’RTASIDA SEMINAR-TRENING O’TKAZDILAR. https://tashpmi.uz/uz/2024/03/toshpti-xodimi-jsst-mhgap-tomonidan-ishlab-chiqilgan-dastur-boyicha-birlamchi-tibbiy-yordam-muassasalari-shifokorlari-ortasida-seminar-trening-otkazdilar/ Fri, 01 Mar 2024 18:08:09 +0000 https://tashpmi.uz/?p=42031 Toskent Pediatriya Tibbiyot Instituti “Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi” kafedrasi assistenti, PhD T.B. Irmuxamedov hamda Sirdaryo viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri bo’lim mudiri A.K. Botirovlar tomonidan joriy yilning 19-28 fevral kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023 yildagi PQ-196 sonli «Аholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori 4-bandida nazarda tutilgan birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalarida Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʼrsatish boʼyicha harakatlar (MhGAP) dasturi boʼyicha Sirdaryo viloyati shahar OShP, OP larda faoliyat olib borayotgan 20 nafar umumiy amaliyot shifokorlari uchun oʼquv-seminar kursi tashkil qilindi.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʼrsatish boʼyicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinishi, ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi boʼgʼinining oʼzida erta aniqlash va davolash choralarini koʼrish, birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish boʼyicha koʼnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish maqsad qilingan.

Tashkil qilingan seminar-teriningda tinglovchilarga ruhiy buzilishlarning ilk belgilari, ularni umumiy amaliyot shifokori sifatida barvaqt aniqlash, klinik tashhislash, olib borish taktikasi va keyingi kuzatuv boʼyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar qizgʼin savol-javob koʼrinishida tashkil qilinib, umumiy amaliyot shifokorlari oʼz amaliyotida uchragan ruhiy holatlar buzilishi haqida hayotiy misollar bilan vaziyatlarga oydinlik kiritildi.

Oʼquv dasturi yakunida barcha seminar ishtirokchilariga 54 soatlik sertifikatlar taqdim qilinadi.

]]>
TOSHPTIDA MALAKA IMTIHONLARI BO’LIB O’TDI https://tashpmi.uz/uz/2024/03/toshptida-malaka-imtihonlari-bolib-otdi/ Fri, 01 Mar 2024 10:55:35 +0000 https://tashpmi.uz/?p=42045 Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Oliy attestatsiya komissiyasining “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomiga asosan 29 fevral kuni tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga navbatdagi 14.00.09 – Pediatriya va 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlari o‘tkazildi.

]]>
TOSHPTI PSIXIATRIYA, NARKOLOGIYA VA BOLALAR PSIXIATRIYASI, TIBBIY PSIXOLOGIYA, PSIXOTERAPIYA KAFEDRASI XODIMLARI XO’JA AHMED YASAVIY NOMIDAGI XALQARO QOZOG’ISTON-TURKIYA UNIVERSITETIDA MA’RUZALAR VA MASTER-KLASS O’TKAZDILAR https://tashpmi.uz/uz/2024/02/toshpti-psixiatriya-narkologiya-va-bolalar-psixiatriyasi-tibbiy-psixologiya-psixoterapiya-kafedrasi-xodimlari-xoja-ahmed-yasaviy-nomidagi-xalqaro-qozogiston-turkiya-universitetida-maruzalar-v/ Thu, 29 Feb 2024 10:40:00 +0000 https://tashpmi.uz/?p=41998 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Xo’ja Ahmed Yasaviy nomidagi xalqaro Qozog’iston-Turkiya universiteti o’rtasidagi ikki tomonlama shartnoma hamda akademik mobillik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilishi doirasida.

   2024 yil 27 fevraldan 3 martgacha psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya, psixoterapiya kafedrasi mudiri professor V.K. Abdullayeva, kafedra dotsenti A.A. Ganixanov, PhD A.V. Rogov ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar tsiklini o’tkazib kelmoqdalar, shuningdek, universitetning tibbiyot fakulteti talabalari uchun «psixiatriya» va «narkologiya» darslari tsikli bo’yicha Master-Klass, seminar-treninglar o’tkazadilar.  Pediatriya instituti o’qituvchilari kafedrada o’quv jarayonini tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda, universitet klinikasi, simulyatsiya markazi, ruhiy salomatlik kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishdilar.

Akademik mobillik dasturi bo’yicha ikki tomonlama shartnomani amalga oshirish doirasida amaliy sog’liqni saqlash sohasidagi hamkasblar va kafedra professor-o’qituvchilari o’rtasida dolzarb masalalar va tajriba almashish bo’yicha faol va samarali ishlar amalga oshirildi. Universitet klinikasida murakkab holatlar bo’yicha qo’shma kengashlar ham o’tkazildi.

Ma’lumot uchun: Xo’ja Ahmed Yasaviy nomidagi xalqaro Qozog’iston-Turkiya universiteti QS World University Ranking dunyodagi TOP-1000ta universitet reytingiga kiritilgan.

]]>
TOSHPTIGA UZRLI SABABLARGA ASOSAN O’QISHNI KO’CHIRISHGA TAVSIYA ETILGANLAR RO’YXATI TASDIQLANDI https://tashpmi.uz/uz/2024/02/toshptiga-uzrli-sabablarga-asosan-oqishni-kochirishga-tavsiya-etilganlar-royxati-tasdiqlandi/ Sat, 17 Feb 2024 06:46:58 +0000 https://tashpmi.uz/?p=41754 Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yilining bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

2023/2024 o’quv yilining bahorgi semestrida Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o’qishni ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro’yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Shu munosabat bilan, Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar institutning o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ul bilan quyidagi raqam orqali bog‘lanishlari so‘raladi:
+998 90 910 56 89 – Nishantayev Maxamatjon Koshmetovich (qabul bo’yicha mas’ul kotib)

]]>
BO’SH LAVOZIMLARNI EGALLASH UCHUN TANLOV https://tashpmi.uz/uz/2024/02/bosh-lavozimlarni-egallash-uchun-tanlov-4/ Sat, 10 Feb 2024 05:26:00 +0000 https://tashpmi.uz/?p=41647 TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI

Professor-oqituvchilar tarkibi boyicha quyidagi kafedralar lavozimlariga TANLOV e’lon qiladi:

KAFEDRA MUDIRI: Biofizika, tibbiy informatika;

DOTSENT:  Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya; Gospital bolalar xirurgiyasi;  Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika;  Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ; Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish va boshqarish:

KATTA O’QITUVChI: Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya; O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi; Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi:

ASSISTENTLAR: Shoshilinch pediatriya, xalokat tibbiyoti; Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish va boshqarish; Gospital pediatriya №1, xalq tabobati; Shoshilinch pediatriya, xalokat tibbiyoti; Xorijiy tillar kafedrasi; Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya; Fakultet pediatriya (2); Neonatologiya; Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya; Asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika; (2) Xirurgik kasalliklar; Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ; (2):

Таnlоv muddati –e’lon chiqqan kundan 15 kalendar kunda

Маnzilgox-Bog‘ishamol kochasi 223, Тоsh PTI.

Аvtobuslar: 115,19

ТоshPTI bеkati.

10.02.2024

]]>
«O‘ZBEKISTON – 2030» STRATEGIYASI: MAMLAKAT RIVOJI UCHUN DASTURAMAL https://tashpmi.uz/uz/2024/02/ozbekiston-2030-strategiyasi-mamlakat-rivoji-uchun-dasturamal-3/ Mon, 05 Feb 2024 08:04:27 +0000 https://tashpmi.uz/?p=41773 Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda shiddat bilan amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsata boshladi. Muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan uzoqni ko‘zlovchi istiqbolli siyosatning tag zamirida ham, eng avvalo, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, mamlakatamizni eng rivojlangan ilg‘or davlatlar qatoriga qo‘shish, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, shuningdek, birinchi navbatda, xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish va munosib hayot kechirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish orqali odamlarni rozi qilishdan iboratdir.

Aynan shu maqsadda davlatimiz rahbari doimiy ravishda yurtimizning barcha hududlariga tashrif buyurib, aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazmoqda, hatto eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan odamlarning xonadonlariga yetib borib, ularning dardlariga quloq tutib, muammolarini hal etish yuzasidan ta’sirchan choralarni ko‘rib kelmoqdalar. Ushbu uchrashuvlar jarayonida xalqimizdan turli sohalarga oid qimmatli va foydali fikrlar bildirilmoqda.

Bundan tashqari, olib borilayotgan xalqchil siyosat natijasida ochiqlik va oshkoralik bilan bir barobarda “qars ikki qo‘ldan chiqadi” tamoyili ta’minlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Prezidentimiz mamlakatimiz rivoji yo‘lida ezgu ishlarni davom ettirishda va oldinda turgan katta-katta marralarga erishishda bunyodkor xalqimizga tayanishini isbotlamoqda.

E’tiborlisi, bevosita aholining turli qatlamlari vakillari tomonidan bayon etilgan taklif, fikr-mulohazalarni e’tiborga olgan holda hamda ularni hayotga tadbiq qilish maqsadida 2023 yil sentyabr oyida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etuvchi, mamlakatimiz rivoji uchun dasturamal hisoblangan tarixiy hujjat – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi.

Bu strategiyada 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad o‘z aksini topgan bo‘lib, ular orqali O‘zbekistonni eng rivojlangan ilg‘or davlatlar qatoriga qo‘shish, xalqimizning farovonligini oshirish, iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarini yanada yaxshilash, xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish, hayotdan, davlatdan rozilik hissini kuchaytirishga doir aniq maqsad va vazifalar belgilab berildi.

Strategiyada belgilangan yo‘nalishlarning barchasida aholi, ya’ni xalq va mamlakat manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yildi. Jumladan, Strategiyaning I bobi “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 44 ta maqsad (1-44-maqsadlar) doirasida 135 ta amaliy chora-tadbirlarni o‘zida qamraydi.

Bunda, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish, 30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, “TOP-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish, 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “TOP-1000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish orqali oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish kabi bandlar mavjud bo‘lib, aniq vazifa va indikatorlar keltirilgan.

Shuningdek, strategiyaning muhim yangiliklardan biri bu oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlashdir. Bunda, mazkur maqsadga erishish uchun 2030 yilga qadar 5 ta oliy ta’lim muassasasini milliy tadqiqot oliygohlariga aylantirish, qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish hamda kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish va kutubxona fondini to‘liq raqamlashtirish vazifalari belgilanganligi naqadar oliy ta’lim tizimi muhim ekanligi va yoshlar ta’limi davlatimiz rahbarining yuksak e’tiborida ekanligini ko‘rsatib turadi.

Qolaversa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” tamoyili asosida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan xayrli ishlar qamrovi kengayib bormoqda. Buning mantiqiy davomi sifatida strategiyada sog‘liqni saqlash tizimiga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar, chora-tadbir va amaliy ishlar belgilanib o‘tilgan. Misol uchun, 350 ming nafar diabet va 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga erishish, respublikada gemodializ o‘rin joylari bilan bemorlarni to‘liq qamrab olish orqali aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirishiz lozimligi qayd etilgan.

Shu bilan birga, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida me’yoridan ortiq tuz iste’mol qiladigan aholi ulushini 32 foizga, yetarlicha jismoniy faollikka ega bo‘lmagan aholini 22 foizga, ortiqcha vaznga va semizlikka ega katta yoshdagi aholini tegishincha 32 foiz va 23 foizga qadar kamaytirish, 5 yoshgacha bolalar orasida bo‘y o‘sishi kechikishi mavjud bo‘lganlar, vazn og‘irligi yetishmasligi mavjudlar va ortiqcha vazni mavjud ulushini o‘rtacha 2 barobarga kamaytirish hamda ta’lim va tibbiyot muassasalariga tarkibida transyog‘, tuz va shakar miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash, sotilishini 100 foiz cheklash kabi vazifalar qo‘ylgani aholimiz salomatligi doimo Prezidentimiz va hukumatimizning nazoratida ekanligini isbotlaydi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur tashabbuslar davlatning ijtimoiy sohada, xususan oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida olib borayotgan islohotlarini tizimlashtirish va rivojlanishning aniq indikatorlarini belgilash orqali islohotlarning samaradorligini oshirish va natijalarni tezroq his etish imkonini beradi.

Hech shubhasiz, O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilab olingan maqsad va vazifalar, indikator va marralar xalqimiz farovonligini ta’minlab, hayotini yanada yaxshilashga xizmat qilish bilan bir qatorda, yurtimiz kelajagiga samarali va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash barobarida, uni xalqaro maydonda yanada ishonchli hamkor sifatida namoyon etishga zamin yaratadi.

Botir DAMINOV,
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori,
tibbiyot fanlari doktori, professor

]]>
TOSHPTI XODIMLARI BIRLAMCHI TIBBIY SANITARIYA YORDAMI MUASSASALARI MUTAXASSISLARINI MHGAP DASTURI DOIRASIDA SEMINAR-TRENING O’TKAZISHDI https://tashpmi.uz/uz/2024/02/toshpti-xodimlari-birlamchi-tibbiy-sanitariya-yordami-muassasalari-mutaxassislarini-mhgap-dasturi-doirasida-seminar-trening-otkazishdi/ Thu, 01 Feb 2024 07:26:00 +0000 https://tashpmi.uz/?p=41687 Joriy yilning 22-31 yanvar kunlari Toskent pediatriya tibbiyot instituti “Psixiatriya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya kafedrasi” kafedrasi assistenti, PhD T.B. Irmuxamedov hamda Sirdaryo viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri bo’lim mudiri A.K. Botirovlar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023 yildagi PQ-196 sonli «Аholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori 4-bandida nazarda tutilgan birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalarida Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʼrsatish boʼyicha harakatlar (MhGAP) dasturi boʼyicha Sirdaryo viloyati shahar OShP, OP larda faoliyat olib borayotgan 20 nafar umumiy amaliyot shifokorlari uchun oʼquv-seminar kursi tashkil qilindi.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʼrsatish boʼyicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinishi, ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi boʼgʼinining oʼzida erta aniqlash va davolash choralarini koʼrish, birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish boʼyicha koʼnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish maqsad qilingan.

Tashkil qilingan seminar-teriningda tinglovchilarga ruhiy buzilishlarning ilk belgilari, ularni umumiy amaliyot shifokori sifatida barvaqt aniqlash, klinik tashhislash, olib borish taktikasi va keyingi kuzatuv boʼyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar qizgʼin savol-javob koʼrinishida tashkil qilinib, umumiy amaliyot shifokorlari oʼz amaliyotida uchragan ruhiy holatlar buzilishi haqida hayotiy misollar bilan vaziyatlarga oydinlik kiritildi.

Oʼquv dasturi yakunida barcha seminar ishtirokchilariga 54 soatlik sertifikatlar taqdim qilinadi.

]]>