X Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi tomonidan 2017 yil 10 - 12 may kunlari X Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yarmarka doirasida III Toshkent Xalqaro Innovatsion Forumi bo'lib o'tadi. Yarmarkaning asosiy bosh maqsadi ilmiy hajmdor, yuqori texnologik ishlab chiqarishning o'sishi uchun shart-sharoit yaratish, jumladan kichik innovatsion tadbirkorlik va biznesning barqaror rivojlanishi, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilish uchun sharoitlar yaratish; korxonalarning innovatsion faolligi oshishi, yuqori texnologiyalar milliy bozorining shakllanishiga ko'maklashish hisoblanadi.

Batafsil ma'lumot http://www.uzscience.uz saytida.