Hurmatli abituriyentlar!

2020/2021 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning Davlat parametrlari to’g’risida 2020 yil 12 iyun PQ-4749 son O’zbekiston Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2020/2021 o’quv yilida bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilishda abituriyentlarni ro’yhatdan o’tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo’lgan muddatda O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda — Davlat hizmatlari markazlari orqali, barcha hududlarda — Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Davlat test markazining www.dtm.uz; abitur.dtm.uz (https://t.me/rasmiydtm/2163) veb sahifa orqali amalga oshiriladi (video-qo’llanma ilova qilinadi).

Ushbu qo’llanma bilan yahshilab tanishib chiqing va qabul jarayonlari boshlanganda sinchkovlik bilan onlayn ro’yhatdan o’ting. Bu yil barcha mas’uliyat faqat o’zingizning zimmangizda bo’ladi, hato qilib qo’yib, qaysidir operator yoki hodimni ayblashni foydasi bo’lmaydi. 

Kirish test sinovlari abituryient tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fandan o’tkaziladi. Abituryientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir hil bo’lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. O’zbekiston Prezident qarori va 2020/2021 o’quv yilida bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlari Ilova qilinadi.

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo’ladi. Unga ko’ra, joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O’zbekiston tarihi va matematika) test bo’lmaydi. Faqat 2ta mutahassislik fanidan test olinadi. Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok – 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to’plash mumkin.

2-blok – 30 ta savol, har bir to’g’ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Joriy yil test sinovlarida huddi o’tgan yilgidek maksimal 189 ball to’plash mumkin.

Institutimizda 2020/2021 o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha Call-center tashkil etiladi va 20 iyundan o’z ish faoliyatini boshlaydi, telefon orqali qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin bo’ladi.

Telefon raqamlar:
+99895 1440727;
+99878 1505151. 

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Qabul kommissiyasi

Davlat test markazining (DTM) rasmiy veb sayti orqali ro’yhatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma