O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2021 yil 21 yanvardagi 9-son bayoniga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 87-04-177-sonli xatiga muvofiq quyidagilar belgilandi:

1. Koronavirus pandemiyasi sababli respublika aholisining to’lov qobiliyati pasayganligini inobatga olib, oliy va professional ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan va tahsil olayotgan talabalar va o’quvchilarning o’qishi bilan bog’liq to’lov-kontrakt mablag’lari miqdori 2020/2021 o’quv yilida O’ZGARMASLIGI (OSHIRILMASLIGI) belgilandi;

2. Ko’pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, OTMlar bakalavriatiga talabalikka tavsiya etilib, beliglangan to’lov-kontrakt mablag’larini qisman to’lagan, magistraturaga to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o’qishi ko’chirilgan (ko’chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o’qishi uchun to’lov haqini kamida 50 foizini hamda yuqoridagi bayon qarori bilan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o’qishi uchun to’lov haqini o’tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning SO’NGGI MUDDATI 2021 yil 1 fevrali etib belgilandi.