2020 yil 19 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Yunusobod tumanidan biriktirilgan mahallalarda istiqomat qilayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish istagini bildirgan 14 nafar yoshlar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri tashkil etildi va «Biologiya», «Kimyo» fanlar bo’yicha yetakchi professor-o’qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi, o’quv-laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Mahallalardagi «Uyushmagan yoshlar», «Temir daftar» ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv-muloqotlar davom ettirilmoqda.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy Telegram kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAEWXCZVyD3l3YAR2zg