Ayni damlarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Vengriyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida O’zbekiston va Vengriya rektorlarining ilk forumi o’z ishini boshladi.

Xalqaro forumda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati vakillari va 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu forumda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T.Daminov ishtirok etmoqda.