2021 yil 5 iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

2021/2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatma:
Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

2021/2022 o’quv yilida magistratura mutaxassisliklariga o’qishga qabul O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son «2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida«gi qaroriga muvofiq amalaga oshiriladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2021/2022 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Murojaatlar uchun telefon raqamlar:
+99878 1505151.

“Call-center”ning ish rejimi:

dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

2021/2022 o’quv yilida magistratura bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarini o’z ichida mujassam qilgan O’zbekiston Respublikasi Prezident qarori va onlayn ariza topshirish bo’yicha video-yo’riqnoma ilova qilinadi.