Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida o’qishini tiklash bo’yicha arizalar oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan komissiya tomonidan 2021 yil 5 avgustga qadar (5 avgust kuni ham) qabul qilinadi. O’qishni tiklash istagini bildirgan talabgorlar institutda tashkil etilgan komissiyaga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

2021/2022 o’quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o’qishni ko’chirishtransfer.dtm.uz elektron tizimi orqali 2021 yil 5 avgustga qadar (5 avgust kuni ham) ro’yhatdan o’tkaziladi.

2021/2022 o’quv yilida O’zbekistondagi bir davlat OTMidan boshqasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida o’qishni ko’chirish – transfer.edu.uz elektron tizimi orqali 2021 yil 5 avgustga qadar (5 avgust kuni ham) ro’yhatdan o’tkaziladi.