Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari!

Sizga shuni ma‘lum qilamizki, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti binosida bo‘lib o‘tadigan saralash diktantida ishtirok etish uchun 9-sinfni tugatganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma nusxasi hamda o‘zingizning shaxsiy kabinetingizdan login va parolingiz orqali so‘rovnomangizni chop ettirib olib kelishingiz so‘raladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda pandemiya munosabati bilan saralash diktantida niqobda va antiseptik vositasi bilan kelishingiz shart.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 12.07.2021 yil 8-00 da bo‘lib o‘tadigan saralash diktantiga kiruvchi o‘quvchilar ro‘yhati Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Akademik litseyining rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan:
https://t.me/ToshPTIakademiklitsey

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy Telegran kanali 👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEWXCZVyD3l3YAR2zg