Shu kunlarda O’zbekistonlik bir guruh o’quvchilar nufuzli xalqaro olimpiadada Vatanimiz sharafini himoya qilib qatnashdilar. Yaqinda 32-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO) natijalari e’lon qilindi.

Ushbu Xalqaro biologiya olimpiadasida O’zbekistonlik o’quvchilar jami 2 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qo’lga kiritdi.

Ular ichida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi ham bor:

🥇Aziza Abduvalieva – oltin medal sohibi.

Olimpiada 18-23 iyul kunlari Portugaliya davlati tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 76 davlatidan 304 nafar iqtidorli o’quvchi ishtirok etdi.

▶️ @daminovbotirturgunpulatovich
▶️ @tashpmi_press