Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2021/2022 o’quv yilida xorijiy fuqarolar uchun qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi bilan bog’liq pandemiya sharoitida 2021/2022 o’quv yili uchun xorijiy fuqarolar uchun qabulda hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/XVEEpPwHUT75qf2j7

Xorijiy fuqarolar uchun qabul 2021 yilning 23 iyul kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://tashpmi.uz/uz/abituriyentlar-uchun-malumot/chet-ellik-talabalar-uchun/hujjatlarni-topshirish-tartibi/

Xorijiy fuqarolar uchun qabul sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish to’g’risida batafsil ma’lumotni «Xorijiy fuqarolar uchun» sahifasida olishingiz mumkin.

▶️@daminovbotirturgunpulatovich
▶️@tashpmi_press