Bugun, 2021 yil 16 avgust kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasiga kirish imtihonlari boshlandi.

Bugun institutda 22 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari o’tkazilmoqda:
– Akusherlik va ginekologya
– Dermatovenerologiya
– Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
– Bolalar xirurgiyasi
– Yuqumli kasalliklar
– Kardiologiya
– Tibbiy radiologiya
– Morfologiya
– Nevrologiya
– Neyroxirurgiya
– Neonatologiya
– Otorinolaringologiya
– Oftalmologiya
– Pediatriya
– Psixiatriya
– Sud-tibbiy ekspertiza
– Terapiya
– Travmatologiya
– Sog’liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini saqlash
– Xiruriya
– Shoshilinch tibbiy yordam
– Endokrinologiya

Mutaxassisliklar bo’yicha kirish imtihonlari o’tkaziladigan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Akademik litseyi hududida joylashgan talabalar bilimini baholash markazida (Test markazi) abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan va zarur texnik vositalar bilan jihozlangan.

Institutda mutaxassisliklar bo’yicha kirish imtihonlarini ochiqlik va adolat tamoyili asosida o’tkazish uchun barcha zarur choralar ko’rilgan, xususan, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida imtihon jarayonini onlayn translyatsiyasi yolga qo’yilgan.

Shuningdek, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti magistraturasiga kirish imtihonlari o’tkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida jamoatchilik vakillari imtihonda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar:
Abduqayumov Abdumannon Abdumadjidovich – Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo’yicha o’rinbosari – klinika bosh shifokori, t.f.d.;
Ochilboyev Azizbek Bahodirjon o’g’li – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi «Yoshlar Parlamenti» a’zosi;
Abdusattorova Shoira Qaxramonovna – Toshkent shahar Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori;
Zokirov Abror To’laganovich – Toshkent shahar Yunusobod tumani «Posira» mahallasi fuqarolar yig’ini raisi.

Bundan tashqari, imtihon jarayoni to’liq video-monitor orqali va imtihon.edu.uz platformasida real vaqtda efirga uzatildi. Abituriyentlarning havfsizligini ta’minlash va nazoratni kuchaytirish maqsadida imtihon jarayoniga Ichki ishlar vazirligi xodimlari jalb etildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti magistraturasiga mutaxassisliklar bo’yicha kirish test sinovlari faqat 16 avgust kuni o’tkaziladi.

Imtihonlarning ikkinchi bosqichi – Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan chet tillari bo’yicha test sinovlari.

Ma’lumot uchun, 2021/2022 o’quv yilida magistraturaga qabul parametrlarini mutaxassisliklar va o’qitish tillari bo’yicha taqsimotiga muvofiq, Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 233 o’rin ajratilgan bo’lib, shundan 30 tasi davlat grantlari va 203 to’lov-kontrakt asosida.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2021/2022 o’quv yili uchun magistratura dasturiga hujjatlarni qabul qilish natijalariga ko’ra, abituriyentlar 22 ta mutaxassislik bo’yicha atigi 425 ta ariza topshirdilar.