Davlat test markazining ma’lumotiga ko’ra 2021/2022-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalarining klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni 4 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:
1-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar;
3-smenada 15:00 dan 16:00 ga qadar;
4-smenada 17:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini ishlash uchun 1 soat vaqt beriladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma 29-sentabr kuni talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlarini topshirish hududi, o’tkazilish binosi, manzili, smenasi va guruhi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin bo’ladi:
https://magistr.dtm.uz/ardenantura-group/index/14

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.