Tibbiyot ta’lim muassasalarida 2022-2023 o’quv yili qabul siyosatini takomillashtirish, abituriyentlarni qabul test sinovlariga sifatli tayyorlash, tibbiyot ta’lim muassaslariga iqtidorli o’quvchilarni qabul qilish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Akademik litseyi tomonidan biologiya, kimyo, ona tili, rust tili, tarix fanlari bo’yicha masofaviy tarzda tayyorlov o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan tayyorlov o’quv kurslarining mashg’ulotlari quyidagi tartibga asosan masofaviy tarzda amalga oshiriladi:

1. Kimyo fanidan – seshanba va payshanba kunlari soat 17.00 – 18.00. O’qituvchi: Makkamov N.Q.

2. Biologiya fanidan – seshanba va chorshanba kunlari soat 15.00 – 16.00. O’qituvchi: Sobirov X.Z.

3. Tarix fanidan – har juma soat 16.00 – 17.00. O’qituvchi: Sayidkasimova S.Z.

4. Ona tili fanidan – dushanba va payshanba kunlari soat 14.00 – 15.00. O’qituvchi: Abdirashidova T.J.

5. Rus tili fanidan – chorshanba va shanba kunlari soat 16.00 – 17.00. O’qituvchi: Akbaeva M.T.

Mazkur tayyorlov kurslariga oid savollar va qo’shimcha ma’lumotlar olish hamda o’quv kurslarida ishtirok etish uchun quyidagi raqam orqali mas’ul xodim bilan bog’lanishingiz mumkin:
+998 94 693 80 27 – Baxtiyor