Ushbu marafon Toshkent shahri bo`ylab Oliy ta`lim muassalarida tashkil etilgan inkubatsiya akseleratsiya markazlarida o`tkazildi. Marafondan ko`zlangan maqsad talabalar orasida startuplar yaratish hamda ularni kunlik hayotimizga faol tadbiq etishga qaratilgan.

Ushbu marafonda institutimiz Innovatsiya markazi mutaxassilari Mamadullayev Bobomurod va Sunnatov Xasan o`zlarining tibbiyotga oid “Teri AI” sun`iy intellektga asoslangan, rasmdan teri saratonini aniqlab beruvchi loyihalari bilan qatnashdilar. Ishtirokchilar marafonning  5 kunida institumizda ham mehmon bo`ldilar.

Marafonning so`ngi kunida ishtirokchilar o`z loyihalarini namoyish qilib berishdi. Barcha qatnashchilar sovg`a va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.