Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining 2022-yil 14-maydagi 206-sonli buyrug’iga asosan institut qoshida “Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” tashkil etildi.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib boradi:
– Biokimyoviy tahlillarni o‘tkazish yo‘nalishi;
– Immunoferment va tibbiy genetik tadqiqotlar yo‘nalishi;
– Hujayra darajasida moddalar almashinuvini o‘rganish yo‘nalishi;
– Gistomorfologiya tahlillari o‘tkazish yo‘nalishi (gistologik preparatlarni tayyorlash va morfometrik tahlil);
– Mikrobiologik, bakteriologik (bak posev) va PZR tahlillar o‘tkazish yo‘nalishi;

Biokimyoviy tekshiruv turlari – albumin, alfa-amilaza, ALT, AST, umumiy va bog‘langan bilirubin, umumiy oqsil, ishqoriy fosfataza, glyukoza, mochevina, kreatinin, LDG, xolesterin, LPNP, LPVP, triglitserid, KFK-MV (Humastar 100, Germaniya)

Immunoferment tahlillar – Triyodtironin (T3), Tiroksin (T4), Tireotrop gormoni (TSH), Follikulastimullovchi gormon, Lyuteinlovchi gormon, Prolaktin, Testosteron, Progesteron, Estradiol, Kortizol, HbsAg, Anti-HCV, Qizamiq (IgM), Oddiy gerpes 1-tip (IgG), Sitomegalovirus (IgG), Toksoplazma IgG, Karsinoembrional antigen (CEA), Alfa-Fetoprotein (AFP), Prostataning spesifik antigeni (PSA), SA 125Ag, SA 15-3Ag, CA-19-9Ag, Interleykin-4, Interleykin-6.

Qonning ivish tizimi bo‘yicha – PTI, MNO, AChTV, TT, Fibrinogen tekshiruvlari (HumaClot Junior, Germaniya)

Qonning umumiy tahlili – 20 xil ko‘rsatgik bo‘yicha (Biobase BK-6190, Xitoy)

Yuqori samarali suyuqlik xromotografi orqali o‘tkaziladigan barcha tahlil turlari (Angilent 1260 Infinity II. AQSH.)

Gaz xromatografi orqali o‘tkaziladigan barcha tahlil turlari (Xromatek-kristal 900. Rossiya)

Mass-spektr xromatografi orqali o‘tkaziladigan barcha tahlil turlari (Xromatek-kristal 900. Rossiya)

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Asosiy bino, 4-qavat.

Murojaat uchun tel: (94) 656-81-66.