O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risidagi”gi PQ №-279-son qarori,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyugndagi “2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi F №-60-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida  ToshPTI ni magistratura mutaxassisliklariga qishki qabul qilish 20 dekabr 2022 yildan 10 yanvar 2023 yilga qadar”, dastlabki qabul natijalariga ko’ra to’lmagan o’rinlar asosida bo’lib o’tadi.  Bunda istisno tarzda til bilish sertifikati darajasi so’ralmaydi. YA’ni milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro’yxatida ko’rsatilgan qanday darajadagi sertifikat bo’lishidan qat’i nazar, magistraturaga qabul qilinishi mumkin. Ammo kelgusida bitirgungacha talab etilgan darajadagi chet tilini bilish sertifikatini olishi kerak, aks holda magistrlik diplomi berilmaydi. Xujjat topshirish magistr.edu.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.