Hurmatli talabalar!

Talabalarning taklifiga binoan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalarini moddiy rahbatlantirish tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati 2022 yil 10 dekabrga qadar uzaytirildi.

Rektorning tegishli buyug’iga muvofiq endi institutda alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo’lgan, jamoat ishlarida faol, chet tilini bilish to’g’risidagi sertifikatga ega, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g’oliblari bo’lgan davlat granti va to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalarni belgilangan stipendiyalariga nisbatan semestr mobaynida foizlik yoki bir martalik to’lov orqali qo’shimcha ravishda rag’batlantirish imkoni paydo bo’ldi.

Shu munosabat bilan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan 2021/2022 o’quv yilining 2-chi semestri natijalariga ko’ra talabalarni moddiy rag’batlantirish uchun tanlovi e’lon qilingan edi.

Eslatib oʻtamiz, “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasi ishga tushirilgandan beri talabalarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi toʻliq elektron formatga oʻtkazildi.

Endilikda o‘z yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirish yoki belgilangan qoidalarga muvofiq moddiy yordam olishni xohlovchi talabalar ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tishlari va o’z yutuqlari to’g’risidagi tegishli hujjatlarni yuklashlari hamda ularni yangilab turishlari lozim bo’ladi.

Agar siz institut tomonidan rag’batlantirilishingizni hohlasangiz, quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz lozim:

  1. “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasida ro‘yxatga olishning barcha bosqichlaridan o‘ting va shaxsiy akkauntingizni oching;
  2. Shaxsiy akkauntingizdagi rag’batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarni o’rganib chiqing;
  3. Shaxsiy akkauntingizdan foydalangan holda, 2021/2022 o‘quv yilining 2-semestridagi faoliyatingiz natijalariga ko‘ra moddiy rag’batlantirish olish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning elektron shakllarini (sertifikatlar, diplomlar, maqolalar, tezislar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) rag’batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarga muvofiq yuklang (PDF formatida imzolangan va muhrlangan holda);

Yuklangan hujjatlarning nomlari quyid agi tamoyilga muvofiq yozilishi lozim:
F.I.Sh._hujjat shakli_berilganligi sababi

Misollar:
– diplom – Abdullayev A.A._diplom_1-oʻrin_xalqaro olimpiada
– sertifikat – Abdullayev A.A._sertifikat_IELTS_7.0

  • Maqola – Abdullayev A.A._maqola_xorijiy_OAK
    – Tezis – Abdullayev A.A._tezis_xalqaro konferensiya

Izoh: * – hujjatlarni topshirishda talaba taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgardir. Agar ma’lumot va/yoki hujjatlar soxtalashtirilgan bo’lsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq talabaga nisbatan jarimalar qo’llaniladi.

MUHIM! Har semestr va o‘quv yili yakunida platformada institutning TOP-50 eng muvaffaqiyatli talabalarining ochiq ro‘yxati shakllantirilib, institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

Ushbu platformadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “ToshPTI talabalar portfoliosi” elektron platformasidan foydalanish boʻyicha video yo’riqnomalar tayyorlandi, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://cloud.tashpmi.uz/s/TYDiXLpZqdy3s3g?

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti, talabalar kengashi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.