19 dekabr 2022 yilda KOICA agentligi, Yonsei universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo’yicha yangi, keng ko’lamli, qo’shma loyihasi boshlandi: «Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ta’lim va tadqiqot salohiyatini oshirish loyihasi».

Ochilish marosimida Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchisi Kim Xi Sang, sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari, professor A. V. Alimov, Yonsei global sog’liqni saqlash instituti direktori, professor shinki an, sog’liqni saqlash vazirligi vakillari, O’zbekistondagi KOICA agentligi, Yonsei universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ishtirok etdi.

Mazkur grant loyihasi doirasidagi hamkorlik tibbiy ta’lim va hamshiralik ta’limi o’quv dasturini, baholash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni tizimli qo’llab-quvvatlash, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiyot sohasida tarmoq va akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

– Video ma’ruzalar bilan ta’lim innovatsion platformasini yaratish;

-Xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan, o’quv dasturini sertifikatlashtirish;

– Koreys professorlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish

– TashPMI rahbarligida AI hackathon / Bigdata-ni o’tkazish;

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining loyiha-grant faoliyati tarixidagi eng yirik loyiha bo’lib, uni amalga oshirish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida grant mablag’lari ajratilgan.