Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Daegu Haany University (Koreya Respublikasi) o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida hamda akademik mobillik dasturini amalga oshirish maqsadida 2023-yilning 12-fevraldan 25-fevraliga qadar Daegu Haany University talabalari ToshPTI kafedralarda ta’lim olmoqda.
O‘quv davrida talabalar manual terapiya, noan’anaviy tibbiyotdan foydalanish, o‘simlikshunoslik bo‘yicha ma’ruzalar tingladilar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar, Ibn Sinoning tibbiyotdagi faoliyati va hissasini o‘rgandilar, shoshilinch tibbiy yordam va pediatriya siklini o‘tdilar.