Toshkent pediatriya tibbiyot instituti travmatologiya, bolalar travmatologiyasi va neyroxirurgiyasi kafedrasi assistenti Jamoliddin Sobirov dunyoning yetakchi klinikasi: Kandong shahridagi Kyunghee universiteti tibbiyot markazida 3 oylik stajirovka o‘tamoqda. Stajirovkani onkologiya markazining neyroxirurgiya bo’limida professor Jo Dae Jin raxbarligida o’tmoqda. Stajrivoka yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: umurtqa pog’onasining degenerativ kasalliklari, osteoporoz, umurtqa pog’onasining degenerativ deformatsiyasi (skolioz, kifoz), umurtqa pog’onasi deformatsiyasi, umurtqa pog’onasi o’smalari, travmalar va infektsiyalar.