2023 yil 24 mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Jamoalarga turli qiziqarli va kasbga doir, shuningdek intellektni rivojlantiruvchi mantiqiy savollar qo‘yildi. Intellektual  o‘yin qizg‘in va qiziqarli o‘tdi, g‘olib bo‘lgan jamoalar keyingi bosqichiga o‘tkazildi.