2023-yil 6-12-mart kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Travmatologiya va ortopediya, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi, neyroxirurgiyasi va bolalar neyroxirurgiyasi kafedrasi xodimi Aliev Talat G‘ofurovich Turkiyaning Istanbul shahridagi ACIBADEM klinikasida «orqa miya jarrohligi» mavzusi bo’yicha qisqa muddatli stajirovka o’tadi.

  Ta’kidlash joizki, ushbu amaliyot Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va ACIBADEM klinikasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tufayli bo‘lib o‘tdi, uning maqsadi tibbiy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, muntazam almashinuv dasturlar orqali, tibbiyotning turli sohalari mutaxassislarining malakasini oshirib, tibbiy xizmatini sifatini oshirish, qo’shma tadqiqot va ta’lim faoliyatini amalga oshirish.