2023 yil 29 mart kuni «Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya» Referendum to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek institut talabalarini jahon, milliy va estrada musiqa tarixi bilan yaqindan tanishtirish, ularning musiqiy madaniyatini yuksaltirish, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari-yoshlar o‘rtasida institutning faollar zalida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh mutaxassisi Xusanov Xurshidbek rahbarligida filarmoniya arkestorining lektoriy targ‘ibot konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert tadbirida professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va 210 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.