2023-yil 13-14-aprel kunlari ToshPTI magistrantlari va talabalari “Tibbiyot talabalari va yosh olimlarning” Xalqaro tibbiyot kongressida ishtirok etishdi. Kongres Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli yoshlar ushbu kongresiga ilmiy rahbar, tibbiyot fanlari doktori, akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti Qurbonov B.B. rahbarligida tayorgarlik ko‘rishdi.

   Tibbiyot talabalari va yosh olimlarning Xalqaro tibbiyot kongressi g‘oliblari:

     1. Evkocheva Sarvinoz Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti, tibbiy-pedagogik yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

Ma’ruza mavzusi: Tuxumdonlarning follikulyar kistasi bo’lgan bemorlarda reproduktiv kasalliklarning xususiyati.

  2. Qodirova Maftuna Magistr, Akusherlik va ginekologiya kafedrasida 2 yil o‘qish

Ma’ruza mavzusi: Endotelial disfunktsiyaning boshqaruv genlarining preeklampsiya rivojlanishiga ta’siri.

     3. Raxmonova Shahzoda Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 2 yillik ta’lim magistri

Ma’ruza mavzusi: Endometriozning turli shakllarining bepushtlik rivojlanishiga ta’siri.

     4. Shodijanova Zunnuna Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti Tibbiy-pedagogika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

     Ma’ruza mavzusi: Jinsiy a’zolarining  prolapsini davolashning takomillashtirilgan jarrohlik texnikasi.    Institut rahbariyati va jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan Evkocheva Sarvinoz, Qodirova Maftuna, Rahmonova Shahzoda, Shodijonova Zunnuna va ularning ilmiy rahbari tibbiyot fanlari doktori, dotsent Qurbonov Bahodir Bobirovich timsolida iqtidorli yoshlarni tabriklaydi va ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.