Toshkent stomatologiya tibbiyot instituti tashabbusi bilan 2023-yil 7-8 aprel kunlari tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida “TIBBIYOT VA INNOVATSIYA” xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus va Turkiya davlatlaridan oflayn formatda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Olimpiada yakuniga ko‘ra, olimpiadada ishtirok etgan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining iqtidorli talabalari nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishda a’lo natijalar ko‘rsatib, faxrli o‘rinlarni egalladi.
“Yosh olimlarning ilmiy loyihalari” tanlovida
1. II-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti 5-bosqich talabasi Abilova Malika “Otorinolaringologiya” fanidan ilmiy ma’ruzasi uchun 2-o‘rin.
Ilmiy maslahatchi: Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, stomatologiya kafedrasi dotsenti Ergashev J.D.
Fanlar bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar:
1. Emiliya Uybikova II-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti 2-kurs talabasi “Gistologiya” fanidan 1-o‘rin.
Ilmiy rahbar: gistologiya, patologik fiziologiya kafedrasi assistenti Malivskaya L.P.
2. Bekmuxamedova Nigora Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti 6-bosqich talabasi “Nevrologiya” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasi professori Majidova Y.N.
3. Yusupova Diyoraxon Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti 6-bosqich talabasi “Akusherlik va ginekologiya” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Bolalar ginekologiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti Ruziyeva N.X.
4. Subxonqulov Jamshid II-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi “Biokimyo” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Biotibbiyot kimyosi, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi dotsenti Karimova Sh.F.
5.To‘rabekova Shirin Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti 6-bosqich talabasi, “Onkologiya” fanidan mutlaq g‘olib.
Ilmiy rahbar: Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi assistenti Ermatova G.M.) Institut rahbariyati va jamoasi talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini tabriklaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.