Toshkent pediatriya tibbiyot institutida amalga oshirilgan ERASMUS+ loyihalari ekspertlari va koordinatorlari 2023-yil 11-mayda bo’lib o’tgan Erasmus+ dasturi doirasida tibbiyot va sog’liqni saqlash sohasidagi loyihalarga bag’ishlangan Klaster yig’ilishida faol ishtirok etdilar.

         Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi ko’magida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ERASMUS+ Milliy ofisi tomonidan tashkil etildi.

          TechReh «reabilitatsiyadagi texnologiyalar» loyihasini amalga oshirish natijalari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tibbiy reabilitatsiya sohasida ilmiy-ta’lim laboratoriyalarini tashkil etish bo’yicha yig’ilish doirasida ERASMUS+ milliy idorasi eksperti, ilg’or texnologiyalar va strategik tashabbuslar markazi bo’lim boshlig’i, ToshPMI o’qitishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha mutaxassis Vihrov Igor so’zga chiqdi.   

  CHILDCA «O’rta Osiyoda tibbiy ta’limni yaxshilash uchun namuna sifatida bolalarni parvarish qilish bo’yicha o’qitishni takomillashtirish» loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqi universitetlari bilan hamkorlikda O’zbekistonda pediatriya bo’yicha aspiranturani modernizatsiya qilish, professionallashtirish va xalqarolashtirish bo’yicha muvaffaqiyatli tajriba bilan O’zbekiston milliy koordinatori, ToshPTI xalqaro munosabatlar departamenti boshlig’i Saida Saidxo’jayeva o’rtoqlashdi.