2023 yil 6 may kuni Farg’ona shahrida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan «Dermatovenerologiya va dermatoonkopatologiyada yangi texnologiyalar, davolash usullari rivojlanishining istiqbollari» 3-chi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.
Anjumanda Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Belarusiya, Hindiston va boshqa davlatlardan ko’plab chet ellik mutaxassislar va mahalliy yetakchi olimlar ishtirok etdilar.
Shu jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Teri-tanosil kasalliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasining professor-o’qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilari o’z ma’ruzalari bilan anjumanda qatnashdilar.