Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-yoshlari tomonidan qoraqalpoq mumtoz adabiyotiga hissa qoʻshgan Berdaq Ǵarǵabay ulı, Ájiniyaz Qosıbay ulı, Toʻlepbergen Qaypbergenov, Ibroyim Yusupovlarning  hayoti va ijodi boʻyicha «Sahro bulbullari nomini olgan adiblar» konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Konsert soʻngida Qoraqalpoq xalq shoiri Berdaq haykalining poyiga gul qoʻyilib, ToshPTI talabalari tomonidan tayyorlangan sheʼriy, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.