Hurmatli abituriyentlar!

2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning Davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida 2021 yil 22 iyun PQ-5157 son O‘zbekiston Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni  ro‘yhatdan o‘tkazish joriy yilning 22 iyunidan 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatlarda Davlat test markazining (my.uzbmb.uz) vebsayti va Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 280,5 ball.

Barcha test topshiruvchilar  uchun majburiy 3 ta fan (maksimal ball – 94,5 ball):
– Ona tili (o’zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, to’g’ri javob uchun – 2,1 ball;
– Matematika – 15 ta savol, to’g’ri javob uchun – 2,1 ball;
– O’zbekiston tarihi – 15 ta savol, to’g’ri javob uchun – 2,1 ball.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos 2 ta fan bo’yicha (maksimal ball – 186 ball):
1-fan – 30 ta savol, to’g’ri javob uchun – 3,1 ball;
2-fan – 30 ta savol, to’g’ri javob uchun – 3,1 ball.

Institutimizda 2021/2022 o‘quv yiliga qabul jarayoni boyicha qiziqtirgan savollarga tezkor javob berilishini ta’minlash uchun call center tashkil etilgan.

Call center dushanba-shanba kunlari soat 9.00-18.00 gacha faoliyat yuritadi.
Telefon raqami: +99878 1505151. 

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Qabul komissiyasi