Bo’lim (laboratoriya) mudiri

Rasulova Xurshidaxon Abduboriyevna

2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-pedagogika fakultetini va 2008 yilda nevrologiya bo’yicha magistraturani imtiyozli bitirgan. Bo’limga 2014 yildan beri rahbarlik qiladi.
2010 yilda «Asab kasalliklari» mutaxassisligi bo’yicha «O’tkir ishemik insultlarning patogenetik heterojenligiga mansub klinik-biokimyoviy xususiyatlari» mavzusida nomzodlik (PhD) dissertatsiyasini yoqladi. 2018 yilda «Neurologiya» va «Ichki kasalliklar» mutaxassisliklari bo’yicha «Ishemik insultda angio-tserebro-renal disfunktsiya: prognozlash, tashxislash, davolash» mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qildi.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mukofoti va medali laureati, O’zbekiston nevrologlari assotsiatsiyasi, Yevropa nevrologiya akademiyasi (EAN), Evropa insultga qarshi kurashish tashkiloti (ESO) a’zosi, ILAE homiyligida O’zbekiston epilepsiyaga qarshi kurashish ligasining bosh kotibi, BMT rahnamoligida Ekologiya va hayotning xavfsizligi Xalqaro fanlar akademiyasi muxbir-a’zosi.
200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan, 2 ta ixtiroga patent, 1 ta EXM dasturi, 3 ta monografiya, 1 ta shifokorlar uchun qo’llanma, 2 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 5 ta uslubiy tavsiyanomalar. 

E-mail: khurshidakhon@gmail.com

Inspektor

Lukina Irina Ivanovna

1979 yilda Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan.

Bo’lim hodimi

Ledovskaya Valeriya Andreyevna

1997 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ilgan. 2015 yilda Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini «Buxgalteriya hisobi va audit» mutaxasisligi bo’yicha imtiyozli bitirgan.