2002 yil iyun oyida Davlat Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo’mitasi tomonidan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi. Loyiha yozishda olimlarda yetarli tajriba bo’lmaganligi uchun ushbu yil sentyabr oyida ToshPTI xodimlari tomonidan faqatgina 13 ta fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar topshirildi. Barcha topshirilgan loyihalar tasdiqlandi va ularni bajarish uchun moliyaviy mablag’lar ajratildi.
Birinchi grant ilmiy loyihalarining raxbarlari qatorida professor A.V. Alimov, professor T.S. Agzamxodjaev, professor A.R. Isroilov, dotsent M.N. Karimova, dotsent M.A. Nadjmitdinova va boshqalar edi. Loyihalarning mavzulari pediatriyaning dolzarb ustuvor masalalariga bag’ishlangan edi: A.V. Alimov loyihasi chaqaloqlarning salomatligini darajasini prognoziga, T.S. Agzamxodjaevning loyihasi – bolalarda og’ir zotiljamlarni davolashni yaxshilash yo’llariga, A.R. Isroilovniki – bolalarning salomatligini shakllashda ona sutining ahamiyatiga, M.N. Karimovaniki – 6 yoshdan maktabda o’qishni boshlagan bolalarning salomatligini dinamikasini o’rganish va maktabga kiruvchi bolalarni dispanserizatsiya usullarini takomillashtirishga, M.A. Nadjmitdinovaniki – bolalarda kamqonlik holatida organizmda kuzatiladigan o’zgarishlarga va ularni oldini olish yo’llariga bag’ishlangan edi.
Birinchi grant loyihalari koordinatori etib dotsent A.K. Raxmatullayev tayinlangan edi. Grant mablag’lari hisobidan grant yutgan kafedralarga kompyuterlar, multimediya uskunalari va boshqa asbob-uskunalar olindi. 2005 yilda ushbu grantlar muddati tugaganligi munosabati bilan yangi tanlov e’lon qilindi.
2006 yildan boshlab 2012 yilgacha grant loyihalari koordinatori etib professor U.K. Ibragimov tayinlandi.

U raxbarlik qilgan davr mobaynida quyidagi ilmiy loyihalar bajarildi (2006-2011 yy.):

  • Amaliy loyiha «O’zbekistоn mintaqalarida 3 yoshgacha bo’lgan bоlalarning salоmatligi va rivоjlanishini majmuiy bahоlash». Loyiha raxbari: t.f.d., professor D.I. Axmedova. Loyiha bajarilgan davr: 2006-2008 yy.
  • Amaliy loyiha А-9-311 «Bolalarda bronxoektatik kasallik va o’pka gipoplaziyasini davolashda a’zolarni saqlash taktikasi». Loyiha raxbari: t.f.d., professor M.M. Aliyev. Loyiha bajarilgan davr: 2006-2008 yy.
  • Fundamental loyiha SSF 3-048 «Gipoksik holatlarda apoptoz omillarining holati». Loyiha raxbari: t.f.d., professor D.I. Axmedova. Loyiha bajarilgan davr: 2006-2011 yy.
  • Innovatsion loyiha «Qоraqоlpоg’istоn Respublikasida 3 yoshgacha bo’lgan bоlalarda оvqatlanish buzilishlari kоrrektsiyasi uslublarini tadbiq qilish». Loyiha raxbari: t.f.d., professor D.I. Axmedova. Loyiha bajarilgan davr: 2008-2009 yy.
  • Amaliy loyiha «O’zbekistоn Respublikasi mintaqalarida 5-18 yoshli bоlalarni salоmatligi va rivоjlanishi va ularga tashqi muхit оmillari va хayot tarzini ta’sirini majmuiy bahоlash». Loyiha raxbari: t.f.d., professor D.I. Axmedova. Loyiha bajarilgan davr: 2009-2011 yy.
  • Amaliy loyiha ITSS 29-4 «Homiladorlikda uchraydigan ayrim asoratlarni oldini olish va prognoz usullarini ishlab chiqish» (IDT-11 “Tibbiyotdagi bor usullarni takomillashtirish va yangi texnologiya usullarini yaratish asosida aholini sog’ligini saqlash”). Loyiha raxbari: t.f.d., professor D.D. Kurbanov. Loyiha bajarilgan davr: 2009-2011 yy.
  • Amaliy loyiha ITSS 29-5 «Bolalarda tug’ma obstruktiv uropatiyalarni tashxislash va davolashni optimallashtirish». Loyiha raxbari: t.f.d., professor M.M. Aliyev. Loyiha bajarilgan davr: 2009-2011 yy.
  • Amaliy loyiha «LOR kasalliklarida oksidant stress». Loyiha raxbari: t.f.d., professor S.A. Hasanov. Loyiha bajarilgan davr: 2009-2011 yy.
  • Amaliy loyiha ITSS 29-8 «Giyohvand o’spirinlarni somatic holatini o’rganish bilan patogenetik davolash mezonini ishlab chiqish». Loyiha raxbari: b.f.d., professor U.K. Ibragimov. Loyiha bajarilgan davr: 2009-2011 yy.
  • Amaliy loyiha ITSS 29-3 «Bolalarda biriktiruvchi to’qimani diffuz kasalliklarini bazis davosida xronofarmakologik yondashuvni ishlab chiqish». Loyiha raxbari: t.f.n., dotsent M.N. Karimova. Loyiha bajarilgan davr: 2009-2011 yy.
  • Innovatsion loyiha I-21 «Bolalarda bronxoektatik kasallik va o’pka gipoplaziyasini xirurgik davolashda yangi texnologiyalar». Loyiha raxbari: t.f.d., professor M.M. Aliyev. Loyiha bajarilgan davr: 2010-2011 yy.
  • Innovatsion loyiha ISS 11-16 «Ayollar jinsiy a’zolarining nuqsonini yangi jarroxlik davolash uslublarini kiritish». Loyiha raxbari: t.f.d., professor D.D. Kurbanov. Loyiha bajarilgan davr: 2011-2012 yy.
     
    2012 yildan boshlab 2013 yil noyabr oyigacha grant loyihalari koordinatori bo’lib B.Yu. Ulliyev ishlagan.
    2013 yil noyabr oyidan boshlab hozirgi kungacha grant loyihalari koordinatori etib t.f.n. X.A. Rasulova tayinlangan. 2014 yil yanvar oyidan boshlab u ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri bo’lib tayinlangan. Ushbu laboratoriya 2014 yil 1 aprel oyida ToshPTI rektorining 106-sonli ichki buyrug’i asosida ToshPTI ning Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi (laboratoriyasi) deb nomlangan va Bo’lim Nizomi tasdiqlangan.