2022 yil 24-26 iyun kunlari Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida IT-Park rahbarligida “Computer Vision AI challenge” mavzusida 3 kunlik hakaton bo`lib o`tdi

Hakatonda Sun`iy Intellekt sohasiga qiziqqan yosh dasturchilar  o`z loyihalari bilan qatnashdilar. Ushbu loyihadan asosiy ko`zlangan maqsad yosh dasturchilar orasida axborot texnologiyalari va Sun`iy Intelektga qiziqishni oshirishga qaratildi.

Hakatonda institutimiz Innovatsiya Markazi mutaxassislari U.Sadatov va B.Mamadullayevlardan tashkil topgan “ICMEDAI” nomli jamoasi tibbiyotga oid bo`lgan loyihalari – MRT tasvirlari orqali miyadagi o`simtani aniqlovchi dasturlari bilan qatnashdilar.

Hakatonning so`ngi kunida barcha loyihalar namoyishi bo`lib o`tdi. 1- o`rin egalari noutbuklar, 2 – o`rin ishtirokchilari planshetlar, 3 o`rin egalari smartfonlar va qolgan ishtirokchilar  sertifikatlar bilan taqdirlandilar.