Markaz vazifasiga – yangiliklarni tadbiq etish, professor-o’qituvchilar tarkibining faoliyatini rivojlantirishda yangi turtki bo’ladigan moyillikni tashkil etish hisoblanadi. Bizning nuqtai nazarimizda qo’yilgan vazifa ishonchli va omilkor qarorlar hisoblanadi. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti o’quv jarayonini axborotlashtirish bo’yicha loyihani bajarish, talablarga ko’ra yaratishni olib borish, shu bilan birga yangi o’quv uslublari va amaliyotini tadbiq etish hisoblanadi.

Innovatsiya markazi tomonidan joriy etilgan web-platformalar

NomiHavolaIshga tushirilgan vaqti
InnoMedUz Telegram kanalit.me/medinnovouzAvgust, 2020 yil
ToshPTI VKA portaliconf.tashpmi.uzMart, 2020 yil
ToshPTI pedagoglar portfoliosiportfolio.tashpmi.uzMart, 2020 yil
ToshPTI rasmiy web-sahifasi (yangi talqin)tashpmi.uzYanvar, 2020 yil
TPMI Data Listdl.tashpmi.uzDekabr, 2018 yil.
ToshPTI AKT taqsimot tizimitaqsimot.tashpmi.uzMart, 2018 yil.
ToshPTI interaktiv xizmatlar portalimy.tashpmi.uzYanvar, 2016 yil.
ToshPTI elektron jurnalivirtu.tashpmi.uzIyun, 2015 yil.
ToshPTI rasmiy web-sahifasi (avvalgi talqin)old.tashpmi.uzNoyabr, 2013 yil.
ToshPTI axborot portaliinfoportal.tpmi.uzOktabr, 2010 yil.

1. InnoMedUz – telegram kanali

Kanal – yuqori texnologiyalar va tibbiyot, ta’lim va sog’liqni saqlash sohasidagi yangiliklarga bag’ishlangan.
Kanalda, AKT va tibbiyotda yangi texnologiyalar bo’yicha hamda Oliy tibbiy ta’lim sohasidagi innovatsiyalar haqidagi global yangiliklar; O’zbekistondagi xalqaro tashkilotlarning AKT va tibbiyot sohasidagi loyihalari, tanlovlari, grantlari va tadbirlari haqidagi yangiliklar; O’zbekiston Respublikasiga tegishli vazirlik va idoralarining loyihalari, tanlovlari, grantlari va tadbirlari haqidagi yangiliklar; Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining Innovatsiya Markazining yangiliklari yoritib boriladi. Bundan tashqari, ushbu soha ekspertlari tomonidan tegishli xulosalar ham taqdim etiladi.

2. ToshPTI video-konferents aloqa portali

ToshPTI VKA portali – xalqaro va respublika konferentsiyalari, seminarlar va onlayn uchrashuvlarni tashkil qilishga mo’ljallangan vositadir. U, Trueconference texnologiyalari asosida yaratilgan. Ushbu xizmatdan ilovani yuklab olish orqali yoki web-brauzerdan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish mumkin.

3. ToshPTI pedagoglari portfoliosi

Ushbu platformada, institut professor-o’qituvchilarining ilmiy va o’quv faoliyati haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.

4. ToshPTI rasmiy web-sahifasi (yangi talqin)

ToshPTI rasmiy web-sahifasi, zamonaviy AKT talablariga javob beradi. Sahifada qidirish, navigatsiya, fikr bildirish (xabar yuborish) va shunga o’xshash funktsiyalar mavjud. Qulay interfeys uning yana bir afzalligidir. Sahifa uch tilda: ingliz, rus va o’zbek tillarida ishlab chiqilgan. Sahifada siz, institut bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni, institutning boshqa web-platformalari va davlat tashkilotlari sahifalarining havolalarini topishingiz mumkin.

5. TPMI Data List

TPMI Data list web-platformasi – jadval yaratish, talabalar ro’yxatini tuzish kabi ba’zi bir jarayonlarni yengillashtirish uchun yaratilgan yangi tizim.

6. ToshPTI AKT taqsimot tizimi

AKT taqsimoti tizimi – onlayn ravishda elektron hujjatlarni tez va qulay almashinish uchun mo’ljallangan web-platforma. Shuningdek, uning yordamida, kompyuter va extiyot qismlari, kompyuter uskunalarini sotib olish haqidagi so’rovlar, hujjatlarni yuborish mumkin.

7. ToshPTI interaktiv xizmatlar portali

Ushbu portal, institutimiz tomonidan interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun yaratilgan. U, mamlakatimizda rivojlanib borayotgan «Elektron hukumat» loyihasini amalga oshirish namunasi hisoblanadi. ToshPTI interaktiv portali, O’zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to’g’risida” gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.

8. ToshPTI elektron jurnali

ToshPTI elektron jurnali – elektron hukumat dasturi doirasida yaratilgan va ta’lim tizimining faoliyatini yengillashtiruvchi web-platforma bo’lib, pedagoglar tomonidan talabalarni baholash, davomatni yuritish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu dastur, ta’lim tizimining ishi uzluksiz davom etishini ta’minlaydi.

9. ToshPTI rasmiy web-sahifasi (avvalgi talqin)

ToshPTI ning avvalgi talqindagi web-sahifasi.

10. ToshPTI axborot portali

ToshPTI Axborot portali – ToshPTI xodimlariga ma’lumot olish, tizim (ma’lumotlar bazasi) dan barcha turdagi fayllarni yuklab olish, tizimga ma’lumotlarni yuklash, shuningdek, ma’mur bilan aloqa o’rnatish, forumlarda ishtirok etish uchun xizmat ko’rsatadigan, to’liq, universal, web-platforma. Portal ToshPTI ichki tarmog’ida ishlaydi.