Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yil 4 mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bir qator topshiriqlar berilgan edi.  Ushbu vazifalar ijrosi doirasida 2023 yil 24 may kuni Toshkent shahri hokimligi tomonidan Yunusobod tumani “Botanika bog‘i”da tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da 70 nafar talaba-yoshlarning tashrifi tashkil etildi.

Talaba-yoshlar teatrga tashrif buyurishdi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023 yil 22 apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 maydagi 3/15-1/25-87-son topshiriq xatiga binoan, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni teatr san’atidan kengroq bahramand etish maqsadida 2023 yil 17 may kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida namoyish etilgan “Intervyu s legendoy” nomli spektaklga dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar hamkrohligida 400 nafar talaba-yoshlarning tashrifi tashkil etildi.

Talaba-yoshlarda O‘zbekiston xalq artisti – xonanda, san’atkor, shoir, O‘zbekiston san’atida chuqur iz qoldirgan inson Botir Zokirov ijodiga bag‘ishlangan spektakl-konserti chuqur taassurot qoldirdi.