Kafedra mudiri: t.f.d., dosent Aliyeva Nigora Rustamovna

Kafedra xodimlari: t.f.d., dosent Akramova H.A., t.f.n., dosent Turdiyeva D.E., assistentlar: Shomuradova Sh.SH., Ubaydullayeva O.H., Amanova N.A., Abdurahmanova D.F., Muhamedjanova F.R., Rahmatillayeva M.Sh., Yakubova D.M., Abrorova B.T., Tulegenova G.M., Youngil Song.

Kafedra doktarantlari: Rahmatillayeva M.Sh., Ergasheva M.N. (tayanch doktarantlar — PhD)

Kafedraning mustaqil izlanuvchilari: Abdurahmanova D.F. (PhD), Amanova N.A. (PhD), Muhamedjanova F.R. (PhD).

Kafedrada 4-5-kurs Pediatriya fakulteti talabalari, 3-4-kurs Davolash ishi fakulteti talabalari “Pediatriya” moduli bo’yicha, 1-4-kurs Xalq tabobati yo’nalishi fakulteti talabalari xalq tabobatining turli yo’nalishlari (“Nutrisiologiya”, “Diyetologiya”, “Sog’lom turmush tarzi”, “Manual terapiya” va hk.) bo’yicha hamda 4-kurs Pediatriya fakulteti talabalari “Pulmonologiya” fani bo’yicha o’qitilib kelinmoqda. Shuningdek, kafedrada magistratura talabalari “Bolalar pulmonologiyasi” yo’nalishi hamda klinik ordinatorlar “Pediatriya” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olib kelmoqdalar.

Kafedrada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda
1. “Tug’ma yurak nuqsonlari bo’lgan bolalarda o’pka gipertenziyasining rivojlanishining prognostik mezonlari” – tayanch doktorant (PhD) Rahmatillayeva M.Sh.
2. “Shaxmat bilan shugʼillanayotgan bolalarni sogʼligi, jismoniy va intellektual rivojlanishning klinik-funktsional koʼrsatgichlari” – mustaqil izlanuvchi Muhamedjanova F.R.
3. “ Yurak nuqsoni bilan tug’ilgan erta yoshli bolalarni yurak jarroxligigacha olib borish  usulini takomillashtirish ” – mustaqil izlanuvchi Abdurahmanova D.F.
4. “Orol bo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ingichka ichak kasalliklarining klinik-funksional xususiyatlari” – mustaqil izlanuvchi Amanova N.A.

5. “Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda tizimli yallig’lanish jarayoni kechishining klinik-laborator mezonlari” – tayanch doktorant (PhD) Ergasheva M.N.

Kafedraning ilmiy salohiyati — 40 %

Bakalavriat talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar o’qitiladigan klinik bazalar quyidagilar:

— Toshkent shahar 1-sonli shahar klinik bolalar shifoxonasi;
— Bolalar Milliy tibbiyot markazi;
— Respublika Xalq tabobati markazi;

— Toshkent shahar bolalar diagnostika markazi;
— “G’ulomjon service” xususiy shifoxonasi.

Kafedra xodimlari Pediatriya bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv qo‘llanmalar, darslik ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, kafedra xodimlari, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar xalqaro konferensiya, kongress va simpoziumlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.