Kafedraning ilmiy ishlariga mas’ul: assistent Muhammedjanova F.R.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi: — «Bolalardagi tug’ma va orttirilgan kasalliklarni diagnostikasi, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish», ilmiy rahbar t.f.d., dosent Aliyeva N.R.

Ilmiy muammo: Bolalarda bronx-o’pka patologiya va tizimli yallig’lanish reaktsiyasi klinik kechishi va laborator mezonlari.

Ilmiy ishlar. So’nggi 5 yil ichida 2 ta dissertatsiya himoyasi o’tkazilgan:
1. Dosent Akramova H.A. (DSc — 2018);
2. Assistеnt Xudaynazarova S.R. (PhD — 2022).

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, 2 ta fan nomzodlari ishlab kelmoqda.

Kafedra mudiri: t.f.d., dosent Aliyeva Nigora Rustamovna

Kafedra xodimlari: t.f.d., dosent Akramova H.A., t.f.n., dosent Turdiyeva D.E., assistentlar: Shomuradova Sh.SH., Ubaydullayeva O.H., Amanova N.A., Abdurahmanova D.F., Muhamedjanova F.R., Rahmatillayeva M.Sh., Yakubova D.M., Abrorova B.T., Tulegenova G.M., Youngil Song.

Kafedraning ilmiy salohiyati — 40 %

Kafedrada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda
1. “Tug’ma yurak nuqsonlari bo’lgan bolalarda o’pka gipertenziyasining rivojlanishining prognostik mezonlari” – tayanch doktorant (PhD) Rahmatillayeva M.Sh.
2. “Shaxmat bilan shugʼillanayotgan bolalarni sogʼligi, jismoniy va intellektual rivojlanishning klinik-funktsional koʼrsatgichlari” – mustaqil izlanuvchi Muhamedjanova F.R.
3. “ Yurak nuqsoni bilan tug’ilgan erta yoshli bolalarni yurak jarroxligigacha olib borish  usulini takomillashtirish ” – mustaqil izlanuvchi Abdurahmanova D.F.
4. “Orol bo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ingichka ichak kasalliklarining klinik-funksional xususiyatlari” – mustaqil izlanuvchi Amanova N.A.

5. “Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda tizimli yallig’lanish jarayoni kechishining klinik-laborator mezonlari” – tayanch doktorant (PhD) Ergasheva M.N.

Ilmiy hamkorlik. Kafedra hodimlari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahar 1-son shahar bolalar klinik shifoxonasi, Bolalar milliy tibbiyot markazi, hamda Asfandiyorov nomidagi Qozog’iston tibbiyot universiteti, Janubiy Koreyaning “Koica” fondi, Sankt-Piterburg davlat pediatriya universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universiteti pediatriya kafedralari bilan aktiv hamkorlik olib bormoqdalar.

Talabalar ilmiy jamiyati. Har yili talabalar, magistratrlar va klinik ordinatorlar kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda qatnashadilar. Ularning ilmiy ishlari natijalari talabalar ilmiy konferensiyasi tezislari to‘plamida chop etilgan. Pediatriya fanidan olimpiadalarda 6 nafar talaba ishtirok etdi. Roziqov Xusniddin, Xolmo’minov Zufarjon, Alimova Dilrabo Buxoro shahrida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada I-II o‘rinni egallashgan. Davolash ishi fakulteti talabasi Ali ugli Alixan Talabalar konferensiyasida ilmiy ishi ma’ruzasi uchun 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Ilmiy konferensiyalar. Kafedra xodimlari muntazam ravishda stajirovkalar o‘taydilar, O‘zbekistonda va xorijda o‘tkaziladigan kongresslar, anjumanlar va konferensiyalarda qatnashadilar. Shunday qilib, kafedra xodimlari har yili oktyabr oyida o‘tkaziladigan Pediatriya bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Ilmiy nashrlar. O‘tgan 10 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 1500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan va intellektual mulk agentligidan 2 ta kompyuter patenti olingan.

Ilmiy jamoalarda ishtirok etish. Kafedra mudiri Aliyeva N.R. Yevropa bolalar gastroenterologlari, gepatologlari va nutrisiologlari tashkiloti (ESPGHAN) a’zosi.