IJTIMOIY FANLAR, PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
ToshPTI rektorining 2021 yil 30 avgustdagi 371-son buyrug’iga ko’ra fuqarolik jamiyati, pedagogika va psixologiya va falsafa kafedralari qayta tashkil etildi va «ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya» kafedrasi deb nomlandi. Ushbu kafedra quyidagi fan sohalarida o’quv mashg’ulotlarini olib boradi:
- Pedagogika va psixologiya fanlari
- Falsafa fanlari
- O’zbekiston tarixi fanlari
Kafedraning o’qituvchilari 21 nafarni tashkil etadi. Ulardan 10 nafari ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar bo’lgani sababli kafedraning ilmiy salohiyati 50%ni tashkil etadi.
FALSAFA KAFEDRASI
Falsafa kafedrasi 1972 yilda o’z faoliyatini boshladi. Keyinchalik uning negizida «falsafa», «siyosiy iqtisod», «ilmiy kommunizm» va «KPSS tarixi» kafedralari alohida tashkil etildi. 1993 yilda «falsafa», «O’zbekiston tarixi» va «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedralari o’zaro birlashtirildi. 2004 yil ToshPTI ilmiy Kengashining qarori bilan alohida «falsafa» kafedrasi tashkil etildi. Falsafa kafedrasiga 1972-1978 yillarda dosent N.E.Eshmetov., 1978-1986 yillarda professor o.E.Ergashev., 1986-1990 yillarda dosent E.Yu.Yunusov, 1990-1993 yillar professor M.N.Abdullaeva, 1993-2007 yillar professor X.F.Xaydarov, 2007-2008 yillar dosent N.E.Muxammadiev va 2008-2021 yillar professor X.F.Xaydarov rahbarlik qilib keldi.
Kafedraning dastlabki tarkibi
Professor N.E.Eshmetov, dosent Salomov A.S., katta o’qituvchilar Golovachyov A.M., Olelenko A.F., Avakyans N.M., o’qituvchilar Nabiev g.N. va Baxodirov A.B.