“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2020 yilda hududlarda oliy ta’limning talab yuqori bo’lgan yo’nalishlarida o’qitishni tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahrida joylashgan etakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari ochiladi.
Shuningdek, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab:
– oliy ta’lim muassasalarida asosiy mutahassislikka aloqasi bo’lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi;
– O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o’qishga qabul qilish bo’yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshiriladi.
2020 yilda kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi konkurs asosida tanlanib, nufuzli horijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish choralari ko’riladi.