XORIJIY FUQAROLAR UCHUN BAKALAVRIAT

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2022/2023 o’quv yilida xorijiy fuqarolar uchun bakalavriatga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qiladi.

Xorijiy fuqarolar uchun qabulda hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida bakalavriatda 2022/2023 o’quv yilida o’qish ichun ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7

Xorijiy fuqarolar uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriatiga qabul 2022 yilning 27 iyul kunidan boshlab amalga oshiriladi.

O’qitish tili: rus tili, o’zbek tili

Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://tashpmi.uz/uz/abituriyentlar-uchun-malumot/chet-ellik-talabalar-uchun/hujjatlarni-topshirish-tartibi/

Hujjatlarni topshirishning ohirgi muddati: 2022 yil 28 avgust (shu kuni ham)

Xorijiy fuqarolar uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriatiga qabul sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

XORIJIY FUQAROLAR UCHUN MAGISTRATURA VA KLINIK ORDINATURA

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xorijiy fuqarolar uchun magistratura va klinik ordinaturaga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn qabul qilishni e’lon qiladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasiga qabul bo’yicha xorijiy fuqarolaridan hujjatlarni qabul qilish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga qabul bo’yicha xorijiy fuqarolaridan hujjatlarni qabul qilish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7

Xorijiy fuqarolar uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasi va klinik ordinaturasiga qabul 2022 yilning 27 iyul kunidan boshlab amalga oshiriladi.

O’qitish tili: rus tili, o’zbek tili

Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://tashpmi.uz/uz/abituriyentlar-uchun-malumot/chet-ellik-talabalar-uchun/hujjatlarni-topshirish-tartibi/

Hujjatlarni topshirishning ohirgi muddati: 2022 yil 28 avgust (shu kuni ham)

Xorijiy fuqarolar uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasi va klinik ordinaturasiga qabul sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.