O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi

O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi yuqordagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar - kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi - oltin rangida; g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy - yashil rangda; chanoqlardagi paxta - oq rangda; lenta - O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak - oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar - oq rangida tasvirlangan.

O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i

O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i

"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida" gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda u qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o'n ikki yulduzga bo'lgan e'tiborimiz O'zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog'imizdagi 12 yulduz tasvirini o'zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o'z tuprog'ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi  Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi 
Abdulla Oripov so'zi

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Ishonch telefoni: +998-71-260-36-58
Telegram-botga o'tish
Mahsus imkoniyatlar

Toshkent
Pediatriya
Tibbiyot Instituti

  • +998-71-260-36-58
  • mail@tashpmi.uz
  • Izlash
    • O'Z
      • РУ
      • EN
      • O'Z
  • Institut
    • Rektorning tanishtiruvi
    • Institut haqida
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut tuzilmasi
    • Normativ huquqiy hujjatlar
      • Normativ huquqiy hujjatlar
        • Oliy ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ uslubiy va ijro hujjatlari
        • Vazirlik buyruqlar va kollegiya qarorlari
        • Hukumat qaror va dasturlari
        • Prezident farmon va qarorlari
    • Institut filiali
    • Institut klinikasi
    • Institut litseyi
    • Aloqa
  • Institut bo’limlari
    • Markazlar
      • Markazlar
        • Innovatsiya markazi
        • ToshPTI Test markazi
        • Axborot resueslar markazi
        • Axborot texnologiyalari markazi
    • Bo’limlar
      • Bo’limlar
        • Marketing bo’limi
        • Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi
        • Texnik ta’minot bo’limi
        • Muhandislik-xo’jalik xizmatlar bo’limi
        • Reja-iqtisod bo’limi
        • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
        • O’quv-uslubiy bo’lim
        • Klinik ordinatura bo’limi
        • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi
        • Ichki nazorat va monitoring bo’limi
        • Xodimlar bo’limi
        • Ilmiy -innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
        • Klinik bazalar bilan ishlash bo’limi
        • Buxgalteriya
        • Ta’minot bo’limi
        • Stipendiya bo’limi
        • Kanselyariya
  • Ta’lim
    • Bakalavriyat
      • Bakalavriyat
      • I — Pediatriya fakulteti
        • Kafedralar
        • Dekanat
      • II — Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti
        • Kafedralar
        • Dekanat
      • Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti
        • Kafedralar
        • Dekanat
      • Xalqaro fakultet
        • Dekanat
      • Oliy hamshiralik ishi
        • Dekanat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Doktorantura
      • Doktorantura
        • Doktorantura (Dsc)
        • Boshlang’ich Doktorantura (PhD)
    • Malaka oshirish
      • Malaka oshirish
        • Ishdan tashqari
        • Ishda
  • Ilmiy Faoliyat
    • Ilmiy kengash
    • Talabalar ilmiy jamiyati
    • Ilmiy jurnallar
    • Doktorantura bo’limi
    • Ilmiy 2020-Scopus
    • Ixtisoslashgan kengash
    • Ilmiy istiqbolli rejalar
  • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat
    • Oliy ta’lim nuqtai nazaridan islohotlar
    • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
    • Murabbiylar kengashi
    • Xodimlar kasaba uyushmasi
    • O’zbekiston yoshlar ittifoqi
    • Students’ council
    • O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi
    • «Pediatr» gazetasi
    • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
    • Bitiruvchilar klubi
  • Xalqaro hamkorlik
    • Xalqaro aloqalar bo’limi
    • Xalqaro grantlar va stipendiyalar
  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • Voqealar
    • Tanlovlar
    • E’lonlar
    • OAV biz haqimizda
    • Matbuot xizmati
  • Promo
    • Broshura va bukletlar
    • Video roliklar
  • INSTITUT «VEB-PLATFORMALARI»
    • Portal
    • E-Dekanat
    • Moodle
    • Taqsimot
    • DL TashPTI
  • Abituriyentlar uchun ma’lumot
  • Talabalar uchun ma’lumot

Dekanat

ToshPTITa’limBakalavriyatTibbiy-pedagogika va davolash fakultetiDekanat

Dekanat

Navigatsiya

  • Fakultet yangiliklari
  • Fakultet haqida
  • Fakultet rahbariyati
  • Fakultet faoliyati
  • Xodimlarga
  • Yuklab olish
  • Kontakt ma’lumotlar

Toshkent
Pediatriya
Tibbiyot Instituti

Toshkentda nufuzli tibbiy ta'lim oling! Bu erda buyuk pediatrlarning munosib izdoshlari - ajoyib odamlar, dunyoga mashhur olimlar, tajribali shifokorlar va tajribali tashkilotchilar ishlaydi.

  • Ijtimoiy tarmoqlar
  • Saytning eski versiyasi
Foydali sahifalar
  • Institut haqida
  • Institut tarixi
  • Institut klinikasi
  • Institut litseyi
  • Aloqa
Aloqa
  • Tel: +998-71-260-36-58
  • Faks: +998-71-260-36-58
  • Email: mail@tashpmi.uz
  • Manzil: 100140 O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahar,Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`cha 223
Я ндекс поиск Я ндекс search Я ндекс orqali izlash ⠀Google⠀ поиск ⠀Google⠀ Search ⠀Google⠀ orqali izlash