O’quv-simulyatsiya Markazi faoliyatini tashkil etish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Markaz MyTestPro dasturi asosida ToshPTI talabalari oʻrtasida sessiyalar va qoldirilgan darslarni bartaraf etish boʻyicha imtihonlarni yuqori saviyada oʻtkazadi.