Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kadrlar bo’limi oliy o’quv yurtining tarkibiy qismi bo’lib, institut Ustavi va o’z Nizomiga asosan ish faoliyat yuritadi hamda o’zining amaliy ishida rektorning buyruq va topshiriqlariga rioya qiladi. Rahbariyat bilan birgalikda kadrlar tanlash va rektor nomenklaturasiga kirgan ma’muriy – boshqaruv, professor – o’qituvchilar injener – texnik, o’quv – yordamchi tarkibidagi bo’sh o’rinlarni to’ldirish ishlarini amalga oshiradi. Institutda faoliyat ko’rsatayotgan bo’limlarga mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilishda amaliy yordam ko’rsatadi.