Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Berdaqning hayoti va ijodini keng o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida

Berdaqning hayoti va ijodini keng o‘rganish bo‘yicha buyruq va kengaytirilgan chora tadbirlar ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi.

2020 yil 26 may kuni Oliy Majlis Senati senatori B.J.Matmurodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari G‘ayrat Majidov hamda Qoraqalpoq xalq shoiri Rustam Musurmonlar ishtrokida Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ijodiy tadbir tashkil etildi. Tadbir tafsilotlari “O‘zbekiston 24” televideniyasi orqali namoyish etildi.

2020 yil 27 may kuni Adiblar xiyobonida shoir ijodini targ‘ib qilish maqsadida  “Berdaq qoraqalpoq xalqining demokrat shoiri” mavzusida ijodiy tadbir tashkil etildi va “O‘zbekiston 24” TV orqali namoyish etildi.

2020 yil 30 may kuni “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida institut yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Abidovning “Shoir Berdaqqa bag‘ishlanadi” mavzusida maqola chop etildi.

2020 yil 31 may kuni Adiblar xiyobonida Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan she’riy- mushoira  tashkil etildi. Uning tafsilotlari “O‘zbekiston 24” televideniyasi orqali namoyish etildi.

2020 yil 2 iyun kuni institut yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Abidovning Qoraqalpog‘istonning “Erkin Qoraqalpog‘iston” gazetasiga “Berdaq babamizg‘a bag‘ishlanadi” mavzusida maqola chop etildi.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva tomonidan “Berdaq hayoti va ijodining tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida video-taqdimot tayyorlandi.

2020 yil 2 iyun kuni Adiblar xiyobonida “Berdaq – qoraqalpoq adabiyotining asoschisi” mavzusida adabiy, ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi va “Mening yurtim” televideniyasi orqali namoyish etildi.

2020 yil 9 iyun kuni Qoraqalpoq xalqining demokrat shoiri Berdaqning hayoti va ijodini abadiylashtirish bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili uchun chora-tadbirlar haqida institut Ilmiy Kengashida onlayn taqdimot-ma’ruza qilindi.

Berdaq ijodiga oid barcha targ‘ibot materiallari onlayn orqali Axborot soatlarida talabalar va institut jamosiga yetkazildi.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva tomonidan  1 iyun kuni “O‘zbekiston 24” radiokanalida “Berdaq ijodining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mazusida radio eshittirish efirga uzatildi.

K.Sh.Turdiyeva tomonidan “Berdaq, qoraqapoq xalqining demokrat shoiri” mavzusida talabalar uchun  onlayn ochiq dars tashkil etildi.

7 va 14 iyunda Adiblar xiyobonida ijodiy tadbir tashkil etildi va “O‘zbekiston-24” va “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etildi.

2020 yil 25 iyun kuni “Oila davrasida” gazetasida Berdaq ijodining targ‘iboti bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun” mazusida  muxbir Ulug‘bek Jumayev tomonidan 12-13 sahifasida to‘liq maqola chop etildi.

2020 yil 29 iyun kuni institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari  oila a’zolari bilan Adiblar xiyobonida ijodiy, madaniy tadbir tashkl qilishdi va “O‘zbekiston -24” televideniyasiga intervyu berishdi.

25-29 iyun kunlarida 5 tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan Respublika “Talabalar festivli”ga talaba yoshlarimiz Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilishda ishtirok etdilar.

Institut fayesida Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan baner tayyorlandi.

Iyun oyida Berdaq hayoti va ijodi bilan bog‘liq talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar o‘rtasida Onlayn tanlov tashkil etildi. Eng sara ijodiy ishlar tanlab olinib, ular moddiy va ma’naviy taqdirlanadilar.

 2020 yil 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan institut Ilmiy Kengashida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  M.A.Axmedova “Berdaq hayoti va ijodini abadiylashtirsh bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yangi o‘quv yilida bajariladigan vazifalar” haqida onlayn ma’ruza-taqdimot qildi.

Berdaqning hayoti va ijodini keng o‘rganish davom ettirilmoqda…