O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi”, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raxbarligidagi 2021 yilning 16 iyun kuni o‘tkazilgan 34-sonli yig‘ilish bayonining 2, 3, 10-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida ToshPTI rektori 15 mart 2022 yildagi buyruq asosida TPTI talabalarni va bitiruvchilarini ishga taqsimlash ularni ishga joylashtirishda ko‘maklashish va bandligini monitoring qilish bo‘yicha “CAREER CENTER –TPTI” tashkil etilgan.

CAREER CENTER –TPTI” ning asosiy vazifalari (yo‘nalishlari) sifatida quyidagilar

  • talabalarga mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tish usullarini o‘rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;
  • tibbiyot tarmoqining ilg‘or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish;
  • mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralari va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • oliy ta’lim muassasasining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karerasi) to‘g‘risida hamda ushbu yo‘nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.

Bizning hamkorlarimiz: