Litsey haqida

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Akademik litseyiga 1997 yilda asos solingan. 1999 yilda Akademik litsey maqomiga ega bo`lgan. Litsey 540 o`quvchiga mo`ljallangan bo`lib, chuqurlashtirib o`tiladigan fanlar kimyo va biologiya. Tayyorlov yo`nalishi: tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti). O`quv xonalari barcha jixozlar bilan ta`minlangan: 6 ta lingofon xonalari, 4 ta kompyuter xonalari, biologiya, kimyo, fizika fanlari uchun o`quv va laboratoriya xonalari, multimedia sistemasi va xokazolar. Litsey o`qituvchi xodimlari orasida 2 nafar fan doktorlari mavjud. Iste`dodli va ilmiy salohiyatga ega bo`lgan yoshlar tarbiyasida litseyning hissasi juda katta. Litseyda Kimyo, Biologiya, Aniq fanlar, Ijtimoiy fanlar va Tillar kafedralari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Bundan tashqari biologiya, kimyo, informatika, ingliz tili, matematika fanlaridan Fan to`garaklari bor. Sport to`garaklaridan: shaxmat, shashka, tennis, yengil atletika, futbol, basketbol, voleybol va kurash. Litsey bitiruvchilariga «Tibbiy laboratoriya laboranti» mutaxassisligi beriladi. 

Litsey tarixi

ToshPTI litseyiga 1997 yilda asos solingan bo`lib, 1999 yilda «Akademik litsey» maqomi berilgan. Litsey 21 yillik tarixi mobaynida minglab o`quvchilarga taxsil be rish bilan birga, O`zbekiston iftixori bo`lgan Olimpiada g`oliblarini xam tayyorlab, xam tarbiyalab kelmoqda. Akademik litsey tabiiy fanlar yo`nalishiga ixtisoslashtirilgan. Bugungi kunda litsey bitiruvchilari orasida ko`pgina qobiliyatli va salohiyatli shaxslar bor. ToshPTI akademik litseyi songgi 10 yil davomida Kimyo bo`yicha Xalqaro Mendeleyev va Butun dunyo fan Olimpiadalarida qatnashish sharafiga ega bo`lib kelmoqda. Shu qisqa muddat ichida litsey o`quvchilari o`z bilim va ko`nikmalarini xalqaro maydonda munosib ravishda ko`rsatib ulgurdilar. Ustozlarning mashaqqatli mehnati o`zsamarasini bergani bunga dalil. Bu yutuqlar bilan ToshPTI albatta faxrlanadi. Kimuo fani Olimpiada natijalari bo`yicha litseyimiz nafaqat litseylar miqyosida, nafaqat Respublika miqyosida hatto MDH davlatlari orasida nufuzli o`rinni egallab turipti. O`n yillik natijalarni sarhisob qilsak, shunday ko`rinish hosil bo`ladi: jami 43 ta medal. Shulardan: 5 ta oltin medal (3 tasi Xalqaro Mendeleev Olimpiadasi, 2 tasi Butundunyo Kimyo Olimpiadasi) 11 ta kumush medal (9 tasi Xalqaro Mendeleev Olimpiadasi, 2 tasi Butundunyo Kimyo Olimpiadasi) 27 ta bronza medal (19 tasi Xalqaro Mendeleev Olimpiadasi, 8 tasi Butundunyo Kimyo Olimpiadasi) 47 ta turli diplom va sertifikatlar.

Kontakt ma`lumotlar

Manzil: 100164, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi 223.

Telefon raqam: (8-371) 260-35-24; 260-35-41

Fax: (8-371) 260-28-16

E-mail: toshpti-litsey@umail.uz